Dilnoza Kubayeva: “Kinoda pul zo‘r bo‘lsa, to‘yda yurmasdim”

Dilnoza Kubayeva: “Kinoda pul zo‘r bo‘lsa, to‘yda yurmasdim”
Qisqacha

Dilnoza Kubayeva davlat buyurtmasi bilan suratga olinadigan filmlarda bir film uchun 300 ming so'mdan ortiq haq olganini aytdi. U o'zini “eng qimmat gonorar oladigan aktrisa” deb atash haqiqatdan yiroq ekanini ta'kidladi. Bu bayonotdan so'ng Adliya vazirligi mutaxassislari uning haq-huquqlari masalasiga e'tibor qaratgan. Kubayeva san'atkorlar ishni pul uchun emas, mehr bilan qilishini, kinoda daromad yuqori bo'lganida to'ylarda ishlamasligini bildirdi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilnoza Kubayeva so‘nggi suhbatlaridan birida o‘z ijodi, gonorari va haqiqiy qadriyatlari haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik uni “eng qimmat aktrisa” sifatida bilishiga qaramay, bu gaplar haqiqatdan ancha yiroq.

— Meni “eng qimmat gonorar oladigan aktrisa” deyishadi. Aslida, davlat buyurtmasi bilan suratga olinadigan filmlarda to‘lovlar yuqori emas. Bir film uchun bor-yo‘g‘i 300 ming so‘mdan ortiq haq olganman. Bu holat menga og‘ir botgandi, ammo uzoq vaqt sir saqladim. Keyin Telegram'dagi jonli efirda savollar ko‘p berilaverganidan keyin beixtiyor bu haqda aytdim, — deydi aktrisa.

Dilnozaning so‘zlariga ko‘ra, shu voqeadan keyin Adliya vazirligi mutaxassislari uning haq-huquqlariga befarq bo‘lmagan. Bu masala uchun kurashish xususida Adliya vazirligidan akamga qo‘ng‘iroq qilishibdi. — Buni eshitib juda xursand bo‘ldim. Demak, ijodkorlar manfaatini himoya qiluvchilar bor ekan, — dedi u.

Aktrisaning ta’kidlashicha, jamiyatda “san’atkorlar katta pul topadi” degan fikr noto‘g‘ri. — Agar kinoda pul zo‘r bo‘lganida, to‘ydan-to‘yga yurmasdim. Biz ishni pul uchun emas, mehr bilan qilamiz, — dedi Kubayeva.

Dilnoza Kubayeva: “Kinoda pul zo‘r bo‘lsa, to‘yda yurmasdim”

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar