16:20 / 15.07.2023
182

Iqlim inqirozi: butun dunyo bo‘ylab issiqlik rekordlari yangilanmoqda

Iqlim inqirozi: butun dunyo bo‘ylab issiqlik rekordlari yangilanmoqda

Dunyo mamlakatlari so‘nggi yillarda anomal – eng sovuq va eng issiq kunlarni boshdan kechirishmoqda.
3-4 iyul kunlari butun dunyo bo‘ylab qayd etilgan eng issiq kunlar sifatida tarixga kirdi, iyun esa sayyoradagi rekord darajadagi eng issiq oy deb tasdiqlandi.

4 iyulda global harorat o‘rtacha 17,18 darajaga yetdi (Farengeyt bo‘yicha 62,9 daraja) va undan bir kun avval o‘rnatilgan 17,01 °C (62,6F) rekordni ortda qoldirdi.

Shundan so‘ng, Yevropa Ittifoqining Kopernik iqlim o‘zgarishi bo‘yicha xizmati iqlim o‘zgarishi bo‘yicha tahlil o‘tkazdi. Unda o‘tgan oy tarixdagi eng issiq oy bo‘lib, 2019 yilda o‘rnatilgan oldingi rekordni yangilandi.

Yevropa Ittifoqi xabar berishicha, okean yuzasida ham o‘tgan oy rekord darajadagi issiqlik kuzatilgan. Bu birinchi navbatda, Shimoliy Atlantikada issiqlikning ko‘tarilishi va Tinch okeanidagi qattiq El Nino tufaylidir.

Osiyodagi ob-havo muammolari
Osiyoning bir qancha mamlakatlari 2023 yilda jazirama haroratni boshdan kechirib, mintaqaviy rekordlarni yangilamoqda.
Tailand tarixidagi eng issiq kunni 15 aprelda o‘tkazdi. Ana shu kuni termometrdagi simob ustuni 45,4°C (114F) ga ko‘tarildi, qo‘shni Laosdagi Luang Prabang shahrida esa may oyida 43,5°C (110,3F) ga issiq bo‘ldi.

O‘sha oyda Vetnamning Xoyan shahrida ham harorat rekord darajaga ko‘tarilib, 44,1°C (111,38F) ga yetdi, bu mamlakatning 2019 yilda o‘rnatilgan 43,4S (110,3F) rekordidan ham yuqoriroqdir.

Kambodja ham may oyida Krati provinsiyasi va janubiy Ponhea Kraek okrugida 41,6 °C (106,9F) harorat ko‘rsatkichi bilan yangi milliy rekordni qayd etdi.

Singapur may oyida o‘zining barcha vaqtlardagi harorat rekordini takrorladi va 40 yildan keyin birinchi marta 37°C (98,6F) lik cho‘qqini zabt etdi.

Iyun oyida Pekinda havo harorati 2014 yildan beri birinchi marta 40°C (104F) dan oshdi. Pekinning janubiy chekkasidagi ob-havo stansiyasida termometrdagi harorat 40,7°C (105,3F) ga ko‘tarilib, 1961 yil 10 iyunda qayd etilgan 40,6°C dan oshib ketdi.

Xitoyning Milliy iqlim markazi ham yaqinda mamlakatda so‘nggi oltmish yillikdagi eng issiq kunlarni boshdan kechirayotganini, harorat 40°C (104F) ga yetganini aytdi.

Yevropadagi ob-havo muammolari
Butunjahon meteorologiya tashkiloti (VMO) tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, Yevropa so‘nggi o‘n yillikda boshqa qit’alarga qaraganda tezroq isimoqda, harorat esa o‘rtacha ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘proq ko‘tarilgan.
Buyuk Britaniya 1884 yildan beri eng issiq iyun oyini boshdan kechirdi.

O‘rtacha oylik harorat 15,8 °C (60,4 F) 1940 va 1976 yillarda qayd etilgan iyun oyidagi eng yuqori o‘rtacha haroratdan 0,9 °C ga oshdi.

Met-ofis ma’lumotlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyaning ushbu oydagi o‘rtacha harorati o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2,5 darajaga yuqori bo‘lgan. Ispaniya va Portugaliya joriy yilning eng issiq apreliga duch keldi.

Jahon ob-havoni kuzatish tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Marokash va Jazoir bilan bir xil natija qayd etgan, aprel oyida u yerlarda harorat odatdagidan 20 darajaga yuqori bo‘lgan.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, rekord darajadagi haroratlar inson ta’siri bo‘lgan iqlim o‘zgarishi sababli 100 barobarga oshgan va o‘tmishda hech qachon bu darajaga ko‘tarilmagan.

Meteorolog Maksimiliano Errera tomonidan to‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, kamida 8 ta Yevropa mamlakati joriy yilning eng issiq yanvar oyini qayd etdi.

Jahon ob-havoni kuzatish tashkiloti prognozlariga ko‘ra, issiqxona gazlarining ko‘payishi va El Nino ob-havo hodisalari tufayli kelgusi besh yil ichida global harorat rekord darajaga ko‘tarilishi mumkin.

2023-2027 yillar oralig‘ida yer yuzidagi yillik o‘rtacha harorat sanoatgacha bo‘lgan darajadan 1,5 ° S yuqori bo‘lishi ehtimoli 66% ni tashkil etadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Iqlim inqirozi: butun dunyo bo‘ylab issiqlik rekordlari yangilanmoqda
ePN