Qoraqalpog‘istonda 75 million yillik dinozavr suyaklari topildi

1 daqiqa o'qish2.3K
Qoraqalpog‘istonda 75 million yillik dinozavr suyaklari  topildi

Qoraqalpog‘istonda jahon ilmiy hamjamiyatini hayratga solgan topilma aniqlandi — Sulton Uvays tog‘larida taxminan 75 million yil avval yashagan dinozavrning toshga aylangan suyak qoldiqlari topildi. Bu haqda O‘zbekiston Davlat geologiya muzeyi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qazilma tadqiqotlari Qoraqalpoq davlat universiteti va Geologiya muzeyi olimlari hamkorligidagi ekspeditsiya davomida amalga oshirilgan. Tekshiruvlar chog‘ida qadimgi yirtqich kaltakesakka tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan suyak bo‘laklari — umurtqa qismlari, boldir suyagi va boshqa elementlar topilgan.

Geologiya muzeyi direktori Ahmadjon Ahmedshayevning ta’kidlashicha, ushbu suyaklar bo‘r davriga mansub bo‘lib, ularning aniq turi va ilmiy tasnifi xalqaro mutaxassislar ishtirokidagi laboratoriya tahlillaridan so‘ng e’lon qilinadi.

Hozirda noyob namunalar ilmiy laboratoriyalarda maxsus uskunalar yordamida o‘rganilmoqda. Tadqiqot natijalari dinozavrlar evolyutsiyasi va Markaziy Osiyo geologik tarixi bo‘yicha muhim ma’lumotlarni ochib berishi kutilmoqda.

Olimlar bu topilmani O‘zbekistondagi paleontologik izlanishlar uchun yangi bosqich deb baholamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?