11 avgust kuni Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniyning saytida siyosatchi ekstremizmda ayblanib, 19 yillik qamoq jazosiga hukm qilinganidan keyingi ilk bayonoti e’lon qilindi. «Mendagi qo‘rquv va nafrat» deb nomlangan matnda muxolifatchi Rossiyadagi muammolar ildizi 90-yillarga borib taqalishini aytgandi.
Bu matn shov-shuvga sabab bo‘ldi. Unda keltirilgan ba’zi odamlar ayblovlarni o‘ziga oldi, ba’zilar esa matnni Navalniy yozganiga ham shubha bildirdi. Quyida Navalniyning manifesti haqidagi ayrim postlar keltiriladi.
«Novaya gazeta Yevropa» gazetasi bosh muharriri
Men «Biznikilar» harakatida qatnashmaganman. Gazeta bosh muharriri Dmitriy Muratov. Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurash fondi (FBK) surishtiruvi figurantlarini himoya qilganim ham yo‘q. «Aleksey Navalniyning xati»ni yozayotgan mualliflardan ma’lumotlarni tekshirishda ehtiyot bo‘lishini so‘rayman. Mahbusning gapi bu – tvitterdagi post emas.
Sankt-Peterburg Yevropa universiteti siyosiy fanlar fakulteti dekani
Rossiyani demokratlashtirish 90-yillardagi harakatlar sabab orqaga keta boshlaganiga qo‘shilaman. O‘sha vaqtdagi harakatlarning o‘zi hokimiyatni saqlab qolishga qaratilgan, bu orqali esa tezda boyish maqsad qilingandi. Tuzum islohot nomi ostida noxolis huquqiy asossiz joriy qilingandi. Bu voqealardan qilinadigan xulosa nima bo‘ladi? Albatta, bu xatolarni takrorlamaslik. Va bir narsani unutmaslik kerakki, agar bu xatolar kelajakda takrorlanadigan bo‘lsa, uni o‘sha 90-yillardagi kabi odamlar takrorlaydi, mutlaqo yangi odamlar esa unga qarshi immunitetga ega bo‘ladi.
jurnalist
O‘zimni qo‘lga oldim-da qisqa iqtiboslar bilan cheklanmadim va mamlakatdagi asosiy siyosiy mahbus iqrorini to‘liq o‘qib chiqdim. Bu uning ahmoqona hukmdan keyingi shaharga va dunyoga ilk chaqiruvi. Mutaxassis emasman, lekin menimcha, bu matnni uning o‘zi yozmagan. Yoki boshqacha: agar o‘zi bo‘lsa, oldingi matnlarini u yozmagan. Men matn ma’nosi haqida gapirmayapman, buni Bobkovning o‘zi boplab tekshirtirsa kerak. Nima bo‘lgan taqdirda ham barcha siyosiy mahbuslar ozod qilinishini talab qilaman.
siyosatchi
Navalniyning Rossiyadagi demokratlashish muvaffaqiyatsizligi borasidagi posti mening «Avtoritar Rossiya» kitobimdagi kirish qismini eslatib yuboradi.
«1990 yilning yoqimli yoz kunlaridan birida Leningraddagi saroyda qabuldaman. Biroz avval shahar kengashi uchun saylovlarda g‘olib bo‘lgan demokratik harakat faoli sifatida oldimda ikkita tanlov turgandi: yoki Fanlar akademiyasi qoshidagi sotsiologiya institutida kichik ilmiy xodim yoki yangi tashkil etilgan shahar kengashi apparatida o‘rtacha lavozim. Ikkinchi variant ancha jozibali ko‘rindi va men suhbatlardan keyin hal qiluvchi – kengash raisi Anatoliy Sobchak bilan suhbatga kirdim.
Sobchak nihoyat keldi va birgalikda uning katta, hashamatli saroyiga kirdik. Mening bo‘lajak boshlig‘im borligimni hatto sezmadi va xuddi yuzlab odamlar oldida turgandek nutq irod qila boshladi. Vaholanki, kabinetda bizdan boshqa hech kim yo‘q edi. Uzundun uzun monolog o‘rtasida yuzaga kelgan nafas rostlash vaqtida menda savol berish imkoni paydo bo‘ldi: «Anatoliy Aleksandrovich, shahar kengashi tizimini qanday ko‘ryapsiz? Uni qanday holatda tuzmoqchisiz?»
Shunda Sobchak nihoyat menga qaradi-da, xuddi osmondan yergan tushgan ko‘yi ohangini o‘zgartirib javob berdi: «Shahar kengashida deputatlar ko‘p. Ular shovqin soladi va tartib yo‘q. Deputatlar okruglarda ishlashi, qabullar o‘tkazib, aholi e’tirozlari bilan shug‘ullanishi kerak. Shahar ijroiya qo‘mitasi esa xo‘jalik ishlari, yo‘llar, yashillik, oqova suv bilan shug‘ullanishi kerak. Lekin bu vakolatlardan chetga chiqishi kerak emas. Men esa (kabinetga obdon qarab olib) apparatim bilan birga (menga diqqat bilan qarab) shahar siyosatini olib boraman».
Ko‘pchilik demokratiya timsoli deb ataydigan odamning bu gaplarini eshitib hayratdan yoqa ushladim. Axir bu kommunistlarning o‘zi-ku, demokratiya nima bo‘ladi?
Sobchak o‘z jamoasining a’zosi bo‘lishi imkoniga ega odam bunaqa savol berganidan hayron qolgandir. U menga juda aniq qilib tushuntirib berdi. Uning javobi xuddi universitet professorining birinchi kurs talabasiga aytadigan gapiga o‘xshaydi: «Biz hukumat tepasidamiz va bu demokratiya».
O‘sha gaplar mening yangi demokratiya haqidagi umidlarim chippakka chiqishiga sabab bo‘lgandi.
Sobiq vitse-premer
Umid qilamanki, Navalniy bu uslubdagi gaplari uning manziliga ham shu mazmundagi tanqidlar yog‘dirishini tushunib turibdi. Afsuski, sodir bo‘lishi kerak bo‘lgan narsa sodir bo‘ldi: Navalniy qamoqxonada o‘tirib bugungi voqealar bilan aloqadorlikni yo‘qotdi. U hamon urushgacha bo‘lgan davrdagi qarashlari bilan yashamoqda. Bu tabiiy hol va buning uchun Navalniyni tanqid qilishdan ma’ni yo‘q.
U ortiq aktual emas. Har qancha achinarli bo‘lmasin uning sud ishi, qamalishi va ahmoqona muddat olgani uning gaplaridan muhimroq bo‘lib qoldi. Chunki u 10 yil oldingi kabi Putin propagandasi aytgan gaplarni gapirib yuribdi. Shu tariqa, u Yavlinskiyning taqdirini takrorlamoqda. Oxiri ham unikiga o‘xshamasaydi.
Asosiysi bu emas. Asosiysi, u Rossiyada allaqachon hech qanday elektoral manyovr yo‘qligini tushunmayapti. Tarafdorlarni birlashtiradigan maydon yo‘q, bunday norozilikni bildirish imkoni ham yo‘q, insonlarning ichki qo‘llovini ommaviy harakatga aylantirish imkoni yo‘q. Hammasi Putinning etigi ostida majaqlangan.
Haqiqat shundaki, erkin va demokratik Rossiya tuzish imkoni paydo bo‘lishi to‘g‘ridan to‘g‘ri Ukrainaning jang maydonida Rossiya ustidan g‘alabasiga bog‘liq. Bu borada 90-yillardagi «yosh islohotchilar»ni fosh etishning hech qanday foydasi yo‘q. Bu xuddi havoga otilgan o‘qdek.
siyosatchi
Navalniyning murojaati e’lon qilinibdi. Unda men Aleksey yomon ko‘radigan odamlardan biri sifatida gavdalantirilgan bo‘lsam-da, detallarini muhokama qilmoqchi emasman. Tashqi dunyodan uzilgan, qiynoqlar ichida, qamoqxonada bo‘lib turgan odam bilan bu detallarni tortishib o‘tirmayman. U bilan ozodlikka chiqqanidan keyin tortishishga ulgurarman. Umid qilaman, u bilan hammasi yaxshi bo‘ladi.
Ammo yuzaga kelgan muhokamalar fonida rossiyalik muxolifatchilar va ularning tarafdorlari ongida paydo bo‘lgan bir bo‘lmag‘ur g‘oya haqida gapirmoqchiman. Ularning fikricha, bizning asosiy vazifamiz 90-yillardagi xatoni takrorlab, yangi Putin hukumatga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Bu qarashda muammolar bor. Birinchidan, o‘sha demokratlar atigi yarim yil hukumat tepasida bo‘lgan va ularda hech qanday imkon bo‘lmagan. Ikkinchidan, bizda hech qachon ularda bo‘lgan imkon bo‘lmaydi, chunki voqealar butunlay boshqa o‘zan bo‘ylab rivojlanmoqda. Uchinchidan, kechirasiz-u, Rossiyada hozir kurashish uchun tirik Putin bor va aynan unga qarshi birlashish zarar qilmasdi.
jurnalist, «Exo Moskva» sobiq bosh muharriri
Hurmatli, Aleksey Anatoliyevich Navalniy! Hech qanday xat ustingizdan olib borilgan tergov nohaq bo‘lgani, sudingiz nohaq o‘tgani va hukm adolatsiz bo‘lgani haqida fikrimni o‘zgartira olmaydi. Sizning ishingizni yopib, o‘zingizni qo‘yib yuborishsa adolatdan bo‘lardi.
tadbirkor
Navalniy nomidan e’lon qilingan navbatdagi maqolada ochiqchasiga yolg‘on ishlatilganidan xafaman (bejiz uning nomidan deb aytmayapman, chunki qamoqxonada, jazo izolyatorida turib bunday maqola yozish mumkinligiga unchalik ishonmayman. Har holda menga yozish imkonini berishmagan). Yolg‘on prinsipial ahamiyat kasb etadi: «Prigojin otryadida turish» chaqiruvi va Prigojinga Putin bilan kurashda yordam berishga chorlov, keyinchalik hukumatni egallash uchun qurol zaxira qilish chorlovi orasida farq katta.
Maqolani batafsil izohlay olmayman, u juda achinarli. Navalniy iste’dodli siyosatchi sifatida Rossiyaga kerak. Bundaylar Rossiyada kam. Va undan nafrat tarqatadigan obraz yaratish tarafdorlari uchun emas, prezident apparati uchun foydaliroq.
siyosatchi, professor
Nihoyat muxolifat va Kremlning o‘tmish haqida qarashlari mos keldi: hammasiga 90-yillar aybdor! Ustiga-ustak «aybdor» deb ko‘rsatilganlar bilan muxolifatchilar 2000-yillarda faol muloqot qilishgan, ularning moliyaviy qo‘llovidan umidvor bo‘lishgan. Va ba’zan bu yordamni olishgan ham.
jurnalist
Demak, Rossiyaning asosiy dushmani Putin (u umuman olganda Oyning dushmani) va uning bandasi emas, marhum Yelsin, Dyachenko, Yumashev, Gusinskiy, islohotchilar, «mustaqil OAV», «demokratik jamiyat», 91-93 yillardagi Rossiya rahbariyati, Venediktov, Sobchak, Kats va Martinov ekan.
jurnalist
Shlyapamni yechaman. Hammasiga ishona olmadim, baribir Venediktov elektron ovoz berish uchun pul olganiga meni ishontira olishmadi. Lekin Navalniy 90-yillar haqida aytganlari, bizga nasib ham qilmaydigan buyuk imkon boy berilgani haqida gaplarga to‘liq qo‘shilaman.
galerist
Rossiya bilan keyinchalik nima bo‘lishidan qat’i nazar, birinchidan – Ukrainaga urushni yengishda yordam berish kerak. Shunda ham xato bizniki, hayoti evaziga esa ukrainlar javob beryapti. Men, masalan, uzoq yildagi saylovda kim g‘olib bo‘lishiga tupurdim. Menga hozir Putinning hukumati kuchsizlanishi, ko‘proq sabotaj, «rus elitasi tarqalishi» va shunga o‘xshagan narsalar kerak.
Barcha ssenariylar orasida Putinni ketkazishi mumkin bo‘lgani – nomenklaturaning tarqalishidir. Buning o‘rniga uning dushmanlarini tarqatish... Tasavvur qilaylik, bunga javoban 2011 yildagi namoyishlar tarqatilganini eslasa qanday bo‘ladi? Yoki ahmoqona «Aqlli ovoz berishchi»? Hammasi o‘tib ketdi.
jurnalist
Qisqacha fikrimni aytadigan bo‘lsam, Navalniy siz rejimga yordam beradi deb hisoblaydigan narsalarni qo‘llamaslik kerak deydi. Boshqa tomondan FBK surishtiruvidagi tanqid qilinganlar demokratiya dushmanlari, ular maxfiy tarzda Putinga yordam beradi degan gapga qo‘shilmayman.
Putinning ittifoqchilari va raqiblari shunchalik ko‘pki, hozir qizil chiziqni chizib, kim haqqoniy, kim soxta ekanini aniqlab olishning ayni payti.
siyosatchi
Uzundan uzun maqolasida Aleksey Navalniy ritorik savol beradi: «Kimmiz o‘zi? Nima uchun kerakmiz?» Aleksey bu savolni ritorik deb hisoblaydi, lekin unga javob berish ham mumkin:
– biz Leonid Volkovmiz va biz kerakli oligarxlar sanksiyadan qutulishi uchun kerakmiz;
– biz Georgiy Alburovmiz va biz Ukrainaga qarshi urush vaqtida armiyadagi korrupsiya bilan kurashish uchun kerakmiz;
– biz Mariya Pevchixmiz va biz avvalo boshqa muxolifat bilan kurashish uchun kerakmiz;
– biz Aleksey Navalniymiz va biz dunyoning istalgan burchagida qo‘lga olingan razvedkachini kimgadir almashish varianti mavjud bo‘lishi uchun kerakmiz.
Aftidan, oxirgi 1,5 yilda FBK o‘z safini tozalashdan ko‘ra tinchlikni afzal ko‘rmoqda. Bir narsani tushunib olish kerak: biz Rossiya tarixidagi eng katta halokatlardan biri vaqtida yirtqichni to‘xtatish uchun kurashyapmizmi yoki jarayon vaqtida kutilmaganda qo‘l berib ko‘rishish orqali qo‘limizni ifloslantirishdan qo‘rqyapmizmi?
iqtisodchi, siyosatchi
Tan olaman, Aleksey Anatoliyevichga doim siyosiy jangchi sifatida hurmatim baland bo‘lgan, lekin tahlilchi va fikrlovchi odam sifatida emas. Bugungi matn hammasini o‘zgartirib yubordi. Bunga aksari o‘sha vaqtda tug‘ilgan va hozir xorijda bo‘lib turgan muxolifat qanday jim qarab turibdi hayronman. Bu aqlga sig‘maydigan narsa. Xuddi emigrantlarimiz hukumatga qaytishi kabi aqlga sig‘maydigan ish. Aftidan, faqat Aleksey Aleksandrovichning boshiga tushgan ko‘rgiliklargina intelligensiyamizning miyasini o‘zgartira oladi.
siyosatchi
Menimcha, muallif 90-yillardagi o‘g‘ri mulozimlar bilan bugungi kundagi jurnalistlarni bekor birlashtiribdi. Navalniy o‘sha vaqtdagi mulozimlarni normal demokratik tizim yarata olmagani uchun ayblab to‘g‘ri qilgan. Ammo bu hozirgi radikal muxolifat sokin muxolifotdan voz kechishi kerak degani emas. Hukumatga intilayotgan odam potensial ittifoqchilardan faqatgina ular yuqoridagi kabi yo‘nalishdan ketish mumkin deb hisoblagani uchungina voz kechishi – kibrdan nishona. Tuzumni yiqitish uchun maksimal daradaja katta koalitsiya kerak.