
AQSH huquq-tartibot idoralari Michigan shtatida o‘tgan Xellouin bayrami vaqtida amalga oshirilishi rejalashtirilgan teraktning oldini oldi.
NBC News xabariga ko‘ra, mazkur ish bo‘yicha ikki nafar shaxs — Muhammad Ali va Majid Mahmud — terrorchilik jinoyatini sodir etishga tayyorgarlikda ayblanmoqda.
Ma’lum qilinishicha, ular terror maqsadlarida foydalanilishi mumkin bo‘lgan qurol va o‘q-dorilarni qabul qilish hamda tarqatishga urinishda gumonlanmoqda.
Avvalroq FBR direktori Kesh Patel Xellouin bayramida hujum uyushtirish rejasi bilan bog‘liq besh nafar shaxsning hibsga olinganini ma’lum qilgan edi. Biroq ulardan faqat ikkitasi — Ali va Mahmudga rasman ayblov qo‘yildi.
Mazkur holat AQSHda xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirish zaruratini ko‘rsatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!