Foto: AP
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yangi Kaledoniyaga ushbu hududda so‘nggi 40 yil ichidagi eng jiddiy tartibsizliklar fonida keldi. «Men tinchlikni tiklashda hamma narsani qilishga qat’iy qaror bilan keldim - hurmat, kamtarlik va qurbonlarni xotirlash uchun. Mening maqsadim vazirlar va butun hukumat bilan birgalikda xalqni qo‘llab-quvvatlash va barcha guruhlar bilan Yangi Kaledoniya kelajagini muhokama qilish», dedi u 23 may, payshanba kuni Yangi Kaledoniya ma’muriy markazi, Noumea shahriga yetib kelganida.
Makronning so‘zlariga ko‘ra, «qarorlar qabul qilinadi va hammaga ochiqlanadi». Ayni paytda prezident atrofidagilar Makronning aniq rejasi yo‘qligini va katta siyosiy qarorlar kutilmayotganini aytishmoqda. Makronga, jumladan, Fransiya ichki ishlar va mudofaa vazirlari Jerald Darmanen va Sebasten Lekornyu hamrohlik qilmoqda.
Yangi Kaledoniyada tartibsizliklar
Yangi Kaledoniyada o‘tgan haftada saylov tizimi islohotiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari chog‘ida 6 kishi halok bo‘ldi, tartibsizliklar va avtomobillarni yoqishlar davom etmoqda. Fransiya Yangi Kaledoniyaga qo‘shimcha uch ming politsiyachi yubordi.
Emmanuel Makronning ta’kidlashicha, Yangi Kaledoniya politsiyasi qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha tayyor holatda bo‘ladi. «Yaqin kunlarda, agar kerak bo‘lsa, tartibni to‘liq tiklash uchun yangi keng ko‘lamli tadbirlar o‘tkaziladi, chunki boshqa chora yo‘q», - dedi u.
Yangi Kaledoniyada tartibsizliklar tufayli minglab sayyohlar qolib ketdi. Fransiya, Avstraliya va Yangi Zelandiya o‘z fuqarolarini zudlik bilan evakuatsiya qilishni tashkillashtirdi. Germaniya Tashqi ishlar vazirligi, agar zarurat bo‘lmasa, Yangi Kaledoniyaga sayohat qilmaslikni tavsiya etdi.
Saylov tizimi islohoti
Namoyishchilar uzoq Parijda amalga oshirilgan saylov islohoti Yangi Kaledoniya 270 000 aholisining 40 foizini tashkil etuvchi kanak aborigenlari ta’sirini kamaytiradi, deb xavotirda, chunki bu hududda kamida o‘n yil yashagan fransuzlar saylovda ovoz berish huquqiga ega bo‘lishi mumkin.
Fransiya 1853 yilda Yangi Kaledoniya ustidan nazorat o‘rnatdi va 1946 yilda mustamlakaga fransuzlarning xorijdagi hududi maqomini berdi. Yangi Kaledoniya dunyodagi uchinchi yirik nikel ishlab chiqaruvchisi, ammo ishlab chiqarish inqirozda va hudud aholisining beshdan bir qismi qashshoqlikda yashaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina chegarachilari guruhi Rossiyaga taslim boʻldi
Los-Anjelesdagi yongʻinlar: qurbonlar soni 25 kishiga etdi
Moskva markazida FSB aksilrazvedka xodimi otib ketildi
Tailandlik erning oyoqyalang sayohati: janjaldan keyingi 500 kilometr
Jahonning eng boy uch kishisi Donald Trampning inauguratsiyasida mehmon boʻladi
AQSh va Armaniston strategik hamkorlik toʻgʻrisida kelishib oldi