13:53 / 22.07.2024
61

Baydenning saylovoldi muvaffaqiyatsizliklar xronologiyasi

Baydenning saylovoldi muvaffaqiyatsizliklar xronologiyasi
Foto: EPA
AQSH rahbari Jo Bayden 21 iyul kuni prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasligini e’lon qildi. Ushbu qaror ko‘pchilikni hayratga solmadi: so‘nggi haftalarda nomzodning yuqori martabali demokratlar tomonidan ochiqchasiga tanqid ostiga olingani ham sir emas.

Nega amaldagi prezident va shu kungacha Demokratik partiyaning raqobatbardosh yagona nomzodi bellashuvni tark etishga majbur bo‘ldi? BBC prezident yo‘l qo‘ygan muvaffaqiyatsizliklar xronologiyasini taqdim etdi.

81 yoshli Baydenning prezidentlik poygasida g‘alaba qozonishi va yana to‘rt yil davomida xizmat qilishi haqidagi shubhalar uzoq vaqtdan beri mavjud edi, ammo iyun oyining oxirida bu fikrlar demokratlar orasida cheksiz xavotirlarga yo‘l ochdi.

AQSH prezidentining saylovda qatnashishdan voz kechish qarorini tezlashtirgan so‘nggi haftalarning asosiy voqealar ketma-ketligi quyidagicha:

27 iyun: CNN telekanalida Jo Bayden va prezidentlikka nomzod Donald Tramp o‘rtasida debat bo‘lib o‘tdi. Bayden tarafdorlari uning noizchil va noaniq javoblaridan hafsalasi pir bo‘ldi, ko‘pchilik uning sog‘lig‘iga shubha bilan qaray boshladi.

28 iyun: Bayden Shimoliy Karolinadagi saylovoldi nutqi bilan paydo bo‘lgan shubhalarni bostirishiga umid qilgan holda, shunday dedi:

Men endi avvalgidek ravon nutqqa ega emasman, debatlarda avvalgidek yaxshi bahslasha olmayman. Lekin haqiqatni qanday gapirishni bilaman”.
Biroq, prezidentga o‘zini oqlash hech qanday foyda keltirmadi.

2 iyul: Kongressmen Lloyd Doggett Baydenni iste’foga chiqishga ochiqchasiga chaqirgan Demokratik partiyaning birinchi vakili bo‘ldi va tez orada unga boshqalar qo‘shildi.

5 iyul: ABC muxbiri Jorj Stefanopulosga bergan intervyusida Bayden jiddiy kasallik yoki “Qodir Xudo” uni iste’foga chiqishga sabab bo‘lishi mumkinligini aytdi. Ammo uning xatoli nutqi va kognitiv testdan bosh tortishi a’zo partiyasidagi xavotirni faqatgina kuchaytirdi xolos.

8 iyul: Demokratik partiyada uning nomzodi bo‘yicha allaqachon ichki kelishmovchiliklar boshlandi. Shunga qaramay, Bayden Morning Joe yangiliklar shousida: “Men hech qayerga ketmayman” deb ma’lum qildi. Demokratlarga esa birdamlikka chaqiruvchi uzundan uzoq maktub yuboradi.

10 iyul: Vakillar palatasi sobiq spikeri Nensi Pelosi Morning Joe'da “prezident o‘z nomzodini qo‘yish yoki qo‘ymaslik bo‘yicha bir qarorga kelishi lozim”, ekanini aytdi. Tegishli bayonot bu masala hal qilinmaganidan darak beradi. Mashhur aktyor va Baydenning tarafdori Jorj Kluni esa o‘z maqolasida uni iste’foga chiqishga chaqirdi, Piter Uelch esa prezident iste’fosini talab qilgan birinchi demokrat senatorga aylandi.

11 iyul: Bayden Vashingtondagi NATO sammiti nutqi davomida xotirjam ko‘rinishiga qaramasdan, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni “prezident Putin” va o‘zining vitse-prezidenti Kamala Harrisni esa “Tramp” deb atadi.

13 iyul: Amerika va butun dunyoning diqqati Baydendan, muvaffaqiyatsiz suiqasddan omon qolgan raqibi Donald Trampga qaratildi. Qonga belangan Trampning mushtini ko‘tarib, tarafdorlarini kurashga chorlayotgan suratlari butun dunyo OAVning birinchi sahifalarida o‘rin egalladi.

Foto: Reuters
17 iyul: Bayden koronavirus bilan kasallanib, barcha saylovoldi tadbirlari va uchrashuvlarini bekor qildi. Top demokrat Adam Shiff prezidentni “o‘z lavozimini topshirishga” chaqirdi. Boshqa qonunchilar ham bu tendensiyani qo‘llab-quvvatladi. Ular Bayden iste’foga chiqmasa, nafaqat prezidentlik, balki Kongressning ikkala palatasini ham boy berib qo‘yishidan xavotirda edi.

18 iyul: Bayden intervyu davomida Mudofaa vaziri Lloyd Ostin ismini unutib qo‘ygani haqidagi video tarqaldi. Kongress rahbarlarining “prezident bellashuvdan chiqib ketishi eng to‘g‘ri qaror” degan fikrlari yashin tezligida tarqaldi.

Demokratlar orasida yuksak hurmat qozongan sobiq prezident Barak Obama ko‘p sonli skeptiklarning umumiy fikriga qo‘shilib, Baydenning g‘alaba qozonish imkoniyati past ekanini aytdi. Hafta oxirida esa Baydenning kurashdan chiqib ketishi haqidagi dastlabki taxminlar paydo bo‘ldi.

19 iyul: Bayden kelgusi hafta saylovoldi tashviqotiga qaytishini e’lon qildi. Uni saylovdan voz kechishga chaqirgan demokratlar soni 30 taga yetdi. Baydenning saylovoldi kampaniyasi homiylari millionlab dollarlik xayriyalarini muzlatib, olovga moy sepdi. Milliarder Ilon Mask har oyda Trampning saylovoldi kampaniyasiga taxminan 45 million dollar xayriya qilishga va’da berdi.

20 iyul: Donald Tramp demokratlarni masxara qilib ular o‘z nomzodlari haqida hech qanday ma’lumotga ega emasliklarini ta’kidladi.

21 iyul: Jo Bayden prezidentlikka da’vogarlikdan voz kechish haqida bayonot berdi. O‘z maktubida u, ayniqsa, Demokratik partiyadan nomzodlikka asosiy da’vogar sifatida chiqayotgan vitse-prezident Kamala Harrisga alohida minnatdorlik bildirdi va uni saylovlarda qo‘llab-quvvatlashini aytdi. File engine/social.php not found.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Baydenning saylovoldi muvaffaqiyatsizliklar xronologiyasi