15:17 / 30.07.2024
25

Siyosatshunos: “Eronning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlari o‘zgarishsiz qoladi”

Siyosatshunos: “Eronning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlari o‘zgarishsiz qoladi”
Foto: journal-neo.su
Eronning yangi tayinlangan prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon davrida Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalar o‘zgarishsiz qoladi. Bu haqda Moskva Xalqaro tadqiqotlar universiteti professori Aleksandr Knyazev bergan xulosalarga asoslanib, “Nezavisimaya gazeta” nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Pezeshkiyon davridagi Eron Markaziy Osiyoga nisbatan kayfiyat o‘zgarishini ifoda etmaydi. Chunki mamlakatda, hech shubhasiz, Ibrohim Raisiy boshlab bergan kurs davom etadi.

Ayni damda Markaziy Osiyo yetakchilari orasida yangi yetakchi Pezeshkiyonni yaqindan “bilib olish”ga qiziqish kuchaygan. Yaqin orada Eron yetakchisining Ostona, Toshkent, Dushanbe va Bishkekka tashriflari ham amalga oshirilishi mumkin.

Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy Mas’ud Pezeshkiyonni 30 iyul kuni rasman prezident lavozimiga tasdiqlashi aytilgan. Inauguratsiya marosimi Tehronda, parlament binosida yuqori martabali amaldorlar va ilohiyot olimlari ishtirokida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Xabarda aytilishicha, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov yangi hukumat bilan allaqachon iliq munosabat o‘rnatgan. Bu Eron tomonining ham do‘stona hamkorlikka tayyorligi bilan izohlangan. Turkmaniston deyarli butun Markaziy Osiyo uchun Eron va Fors ko‘rfazi yo‘nalishida darvoza hisoblanadi. Shu boisdan ham bu mamlakat Tehronning shimoli-sharqiy qo‘shnilariga nisbatan yuritadigan strategik yo‘nalishini o‘ziga moslashtirishni xohlaydi.

Mas’ud Pezeshkiyon lavozimga kirishish arafasida e’lon qilgan “Yangi dunyoga xabarim” maqolasida Eronning kelajakdagi tashqi siyosati konturlarini belgilab bergan. Ushbu maqolani tahlil qilgan mutaxassislar fikricha, Eronning strategik yo‘nalishi o‘zgartirilmaydi, balki uning vektorlari tarmoqlanadi — mamlakat ko‘p qirrali bo‘lishga va yangi hamkorlar topishga intiladi.

Masud Pezeshkiyon, agar urinsa ham, Eronning strategik rivojlanish yo‘nalishini o‘zgartira olmaydi. Mamlakat taraqqiyot kursi oliy rahnamo (Ali Xomanaiy) roziligi bilan marhum Ibrohim Raisiy prezidentligi davrida asos solingan. Uni o‘zgartirishga prezidentning siyosiy irodasi yetmaydi”, degan voqeaga o‘z munosabatini bildirgan Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Moskva davlat xalqaro aloqalar instituti, xalqaro tadqiqotlar markazi yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori Aleksandr Knyazev.

Ekspertning fikricha, Pezeshkiyon saylovoldi shiorlari va saylovchilarni jalb qilishga qaratilgan bayonotlarini, va’dalarini amalga oshirishga harakat qilishi haqiqatdan yiroq. Uning o‘zi prezidentlikka tayinlansa, oliy rahnamo belgilab bergan yo‘nalishdan borishini bir necha bor ta’kidlagan.

Ikkinchidan, Eron siyosiy tizimining o‘zi juda ko‘p cheklovlar va muvozanat asosida ishlaydi. Prezidentning ayrim qarorlari parlament tomonidan rad etilishi mumkin, chunki parlamentda ko‘pchilik oliy rahnamo kursi tarafdori.

Pezeshkiyonning saylovoldi va’dalarini amalga oshirish hamda ichki va tashqi siyosatda oliy rahnamo tomonidan belgilab qo‘yilgan qizil chiziqlardan o‘tish qobiliyatiga nisbatan ma’lum bir shubha bor”, degan Knyazev.

Ibrohim Raisiy ilgari belgilab bergan “Sharqqa nazar” strategiyasi Eron tashqi siyosati konsepsiyasining muhim qismi bo‘lib qolishiga urg‘u berilgan. Eron rivojlanayotgan ko‘p qutbli dunyoning muhim ishtirokchilaridan biri ekani, uning pozitsiyasi Eron konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgani hamda mamlakat prezidenti faqatgina ijro etuvchi hokimiyat rahbari ekanligi mavjud siyosiy kursni o‘zgartirishga monelik qilishi tahlillarda keltirilgan.

Yangi prezident, ekspert fikricha, birinchi navbatda Eronning ichki hayotiga, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani Eron jamiyati manfaatlaridan kelib chiqib boshqarishga imkon qadar ko‘proq e’tibor qaratishi kerak. Chunki Eron raqiblari eronliklar va ularning o‘z hukumati o‘rtasida keskinlik yaratishga urinishi mumkin.

Mas’ud Pezeshkiyon saylovoldi nutqlarida amalda qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi, yadroviy kelishuv muallifi Javad Zarifni tashqi ishlar vaziri etib tayinlash maqsadlari haqida gapirdi. Biroq, Hasan Ruhoniy prezidentligi davrida mamlakat manfaatlariga yetkazilgan barcha zararlardan so‘ng, parlament ham, boshqa konstitutsiyaviy organlar ham bunday tayinlanishga rozi bo‘lishlari dargumon.

AQSH rahbariyatida ham Eron bilan qarama-qarshilikni davom ettirish uchun ko‘plab sabablar mavjud. Hech kim kutmagan yangi “harakatlar rejasi” esa tomonlar kelishuvi masalasini butunlay noreallikka aylantirib qo‘yishi mumkin. Qo‘shma Shtatlar Eronning butun rivojlanish modeli va davlat tuzilishini o‘zgartirishni xohlaydi, yadroviy bitimdan esa faqat xalqaro jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilish vositasi sifatida foydalanadi.

AQSHning pozitsiyasi Amerikaning o‘zida bo‘lajak prezidentlik saylovlari natijalaridan qat’i nazar, o‘zgarishsiz qoladi. Agar Donald Tramp kuzda AQSHda g‘alaba qozonsa, biz Amerikaning Eronga nisbatan siyosati yanada qattiqlashishini kutishimiz mumkin bo‘ladi
”, — degan tadqiqotchi Knyazev.

Manbaga ko‘ra, Eronning Markaziy Osiyodagi yuritadigan siyosati avvalo Turkmaniston bilan aloqalarda aks etadi. Buning ifodasi sifatida ikki mamlakat o‘rtasida imzolangan 10 milliard kub metr hajmida gaz yetkazib berish loyihasini keltirish mumkin. Bundan tashqari Rossiyaning Gazprom kompaniyasi ham Turkmanistondan tranzit sifatida foydalanib, Eronga chiqish imkoniga ega bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Siyosatshunos: “Eronning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlari o‘zgarishsiz qoladi”