
Ispaniyaning "Atletik" (Bilbao) klubi bosh murabbiy Ernesto Valverdega o'rinbosar izlamoqda. Uning joriy shartnomasi yaqinlashib kelayotgan yozda o'z nihoyasiga yetadi.
Bu haqda larazon.es portali xabar bermoqda. Hozircha Valverdening klub bilan shartnomani uzaytirishi yoki uzaytirmasligi noma'lum, shuning uchun klub boshqa mutaxassislar bilan qiziqmoqda.
"Atletik" rahbariyati bosh murabbiylikka birinchi navbatda Andoni Iraolani nomzod sifatida ko'rmoqda. Hozirda Iraolaning "Bornmut" jamoasi Angliya chempionati yetakchilari qatorida bormoqda.
Shuningdek, klub "Rayo Valyekano"ni boshqarayotgan Inyigo Peres yoki ayni paytda "Elche" jamoasini boshqarayotgan Eder Sarabiyani ham taklif qilishi mumkin. Sarabiya bilan tuzilgan shartnoma 2027 yilgacha amal qiladi, ammo Iraola va Peres mavsum oxirida erkin murabbiyga aylanishi mumkin.
Peres esa o'zining hozirgi ish joyidan mamnun ekanligini bildirgan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.