
Hindistonning janubida joylashgan Telangana shtatida yo‘lovchi avtobus va yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport halokati ro‘y berdi. Natijada kamida 24 kishi hayotdan ko‘z yumdi, yana 18 kishi tan jarohat olgani ma’lum qilindi.
Hindustan Times nashri yozishicha, Haydarobod shahri tomon yo‘l olgan avtobusda taxminan 70 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Yuk mashinasi esa shag‘al tashib ketayotgan paytda boshqaruvni yo‘qotib, avtobusga kuch bilan urilgan. Zarba oqibatida yukning bir qismi transport ichiga to‘kilib, ayrim yo‘lovchilarni qamab qo‘ygan.
Hodisa joyiga qutqaruv guruhlari yetgan va yo‘lovchilarni chiqarish uchun ekskavatorlardan foydalanilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halokatga haddan tashqari tezlik va yuk mashina haydovchisining boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!