date

Mario Basler Keyn va Levandovski haqida fikr bildirdi

Mario Basler Keyn va Levandovski haqida fikr bildirdi
Bavariya sobiq futbolchisi Mario Basler myunxenliklar hujumchisi Garri Keyn va jamoaning sobiq hujumchisi, hozirda "Barselona" sharafini himoya qilayotgan Robert Levandovski o'yinlari haqida o'z fikrini bildirdi. Ekspert ushbu futbolchilardan birini tanlash kerak bo'lgan holatga tushib qolsa, kimni tanlashi haqida savolga javob berdi.

"Bu juda qiyin savol. Men ularning hech birini ranjitishni istamayman.

Lekin tanlov qilishim kerak bo'lsa, Robert Levandovskini tanlardim", - dedi Basler Goal nashriga bergan intervyusida. Garri Keyn 2023-yildan beri "Bavariya" safida to'p surmoqda.

Angliyalik futbolchi barcha musobaqalarda jami 111 ta o'yinda maydonga tushib, 107 ta gol urgan va 29 ta golli uzatma amalga oshirgan. Robert Levandovski esa "Bavariya"da sakkiz mavsum davomida o'ynagan.

U 375 ta o'yinda 344 ta gol urgan va 73 ta golli uzatma bergan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mario Basler Keyn va Levandovski haqida fikr bildirdi