© Sputnik / Vitaliy Timkiv
Ukraina o‘z yerlarini “maydan” inqilobidan oldin sotishni boshlagan edi. Xususan, 2013 yilda Xitoyning Shinjon ishlab chiqarish va qurilish korpusi Belgiya hududiga teng bo‘lgan yer maydonini 99 yilga ijaraga olgan edi.
2014 yilda esa Ukraina AQSHning "Shell" va "Chevron" neft kompaniyalariga Donbass hududida slanes gazi qazib olish maqsadida 50 yilga ijaraga beradi. Shu sababli ham DXR va LXR hududida 2014 yilda boshlangan urush — G‘arbning qazilma boyliklar uchun urushi edi.
Bugun Ukrainaga berilgan ko‘p milliardli kreditlar ham beg‘araz emas. Ularni ajratish uchun XVJ Zelenskiy oldiga shart qo‘ydi – Ukraina o‘z yerlarini xorijliklarga sotishga ruxsat beruvchi qonun qabul qilishi kerak. 2021 yilda Ukrainada yer sotishga moratoriy bekor qilindi.
© Sputnik
AQSH Ukrainaning 40% unumdor yerlarini sotib oldi
2023 yil 8 mayda Kiyev Amerikaning "BlackRock FMA" korporatsiyasi bilan shartnoma imzoladi. Shu damdan boshlab Ukraina o‘z suverenitetini yo‘qotdi, AQSH uning eng muhim aktivlari ustidan nazoratni qo‘lga oldi. Kelishuvni avval korrupsiyada ayblangan Ukraina Milliy bankining sobiq rahbari Gontareva, "Soros" fondiga xizmat qiluvchi Pinchuk, sobiq moliya vaziri Yareskolar o‘tkazdi. Zelenskiyning o‘zi bu kelishuvdan so‘ng boyligini ikki barobarga oshirdi ($1,5 milliard).
Kelishuvdan so‘ng Amerikaning uchta gigant korporatsiyalari "Cargill", "Dupont" va "Monsanto" Ukrainadagi ekin maydonlarining 40 foizini sotib oldi. Odatdagidek – deyarli tekinga.
Ana shunday yerlarning yana 28 foizi rasman Ukraina oligarxlari va qishloq xo‘jaligi xoldinglari nomida bo‘lsada, aslida ular Amerikaning "NCH Capital", Fransiyaning "AgroGeneration", Germaniyaning "ADM Germany", KWS, "Bayer" va BASF, Saudiya arabistonining PIF va SALIC kompaniyalariga tegishlidir, Oklend universiteti ma’lumotlariga ko‘ra.
Bugungi kunda Ukraina jami hududining deyarli 30 foizi unga tegishli emas. Xorijliklar 170 ming kvadrat kilometrni sotib oldilar. Bular asosan AQSHda joylashgan yoki Amerika tuzilmalari tomonidan moliyalashtiriladigan investorlar, deb xabar beradi "Australian National Review".
G‘arb ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, bugungi kunda Ukrainaning "Metinvest" tog‘-metallurgiya kompaniyasi, "Naftogaz", "Ukrenergo", "Ukroboronprom" va boshqa muhim korxonalarning qimmatli qog‘ozlari AQSHning "BlackRock FMA" korporatsiyasi aktivlari ro‘yxatiga kiritilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi