15:02 / 13.10.2016
7 132

Niderlandiya hukumati o‘z joniga qasd qilishga qonunan izn bermoqchi

Niderlandiya hukumati o‘z joniga qasd qilishga qonunan izn bermoqchi

2002 yilda jahonda ilk bora Niderlandiya evtanaziyani qo‘llagandi. Evtanaziya faqatgina salomatligi borasida ahvoli juda og‘ir bo‘lgan va sog‘ayib ketishiga umid bo‘lmagan bemorlarga nisbatan qo‘llanilgan.

Niderlandiya hukumati o‘z hayotini “butkul tugagan” deb hisoblagan istalgan kishi bemor bo‘lmasa ham, o‘z joniga suiqasd qilishi mumkinligi haqidagi qarorni qonuniylashtirish harakatida. Bu haqda "RIA Novosti" xabar bermoqda.

Adliya va Sog‘liqni saqlash vazirliklaridan kelgan maktubda “Yashashdan ma’no yo‘q, deya hisoblagan kishilarga qat’iy o‘rnatilgan tartib asosida o‘zlari istaginidek ravishda hayotlari bilan vidolashishga izn berish zarur”, deyiladi.

Hozircha ushbu hujjat to‘liq tasdiqlanmagan va ayrim bandlari ko‘rib chiqilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, hujjat shifokorlar va etika borasidagi mutaxassislar bilan birgalikda 2017 yil oxiriga qadar imzolanadi.

Aytish kerakki, 2002 yilda jahonda ilk bora Niderlandiyada evtanaziyani qo‘llanilgan. O‘shanda “evtanaziya” faqatgina salomatligi borasida ahvoli juda og‘ir bo‘lgan va sog‘ayib ketishiga umid bo‘lmagan bemorlarga nisbatan amalga oshirilgan. Keyinchalik bu harakat Belgiya, Lyuksemburg, Shveysariya va AQShning 4ta shtatida ham amalda qo‘llanila boshlandi. Ba’zi bir davlatlar esa “passiv evtanaziya”ni qonuniylashtirishdi, ya’ni tabiiy o‘limni tezlashtirish maqsadida shifokorlar faqatgina sog‘ayib ketishiga umid bo‘lmagan og‘ir bemorlarni davolashdan to‘xtashlari belgilandi.

Bugungi kunda Niderlandiyada 2016 yil aprel holatiga ko‘ra 17 milliondan ziyod aholi yashaydi. 2012 yil yakuniga ko‘ra, bu erda evtanaziya qo‘llanilgan bemorlar soni 4188 kishini tashkil etgan.

Bugungi kunda o‘z joniga suiqasd qilish holati hamon dunyo hamjamiyatida ko‘plab bahslarga sabab bo‘lmoqda. Ko‘pchilik G‘arb mamlakatlari aholisi “evtanaziya”ni oqlashadi va umidsiz hayot hamda o‘lim orasida jon saqlash uchun kurashishda qiynalgandan ko‘ra, bemorni zo‘riqtirmagan ma’qul deya hisoblashar ekan.

Balki o‘lim bilan yuzma-yuz turgan bemorlar uchun evtanaziya qo‘llash ma’quldir, lekin Niderlandiya hukumati tomonidan bu holatni sog‘lom insonlar uchun qo‘llash haqidagi qonun biroz tushunarsiz va noxush xabardir. Buni hatto, “tubanlik” deb atasak ham mubolag‘a bo‘lmas. Bu bilan mamlakat hukumati o‘z xalqining turmush tarzini yanada yaxshilashga harakat ham qilmasligini taxmin qilish mumkin. O‘z yurtida hayoti kafolatlanmagan insonning kelajagi qanday bo‘ladi? Keyinchalik bu holat butun boshli millatning qirilib ketishiga olim kelmasmikan?!

Albatta, o‘zining joniga suiqasd qilish bu gunoh, shu bilan birga hayot prinsiplariga ham zid. Hech bir din o‘z joniga qasd qilishni oqlamaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Niderlandiya hukumati o‘z joniga qasd qilishga qonunan izn bermoqchi