
Manchester Siti hujumchisi Erling Xoland Ispaniya La Ligasining superklubiga transfer bo'lishga tayyor. Transfer News Live manbasiga ko'ra, Goal portali Xolandning "Real Madrid" safida to'p surishni istashini xabar qilgan.
Manbaga ko'ra, Xoland o'z futbol brendi sifatida maksimal darajada rivojlanish uchun "Manchester Siti"ni tark etishga majbur bo'lishi mumkinligini his qilmoqda. Erling Xolandning otasi avvalroq futbolchi faoliyati davomida barcha top-ligalarida o'ynashni xohlayotgani haqida gapirgandi.
Hozirgacha norvegiyalik futbolchi Germaniya va Angliyada o'ynagan. Hozirda 25 yoshli Xoland "Manchester Siti" bilan 2034 yilning o'rtasigacha amaldagi shartnomaga ega.
Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 180 million yevro deb baholamoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.