06:48 / 03.01.2025
16

2025 yilda tugʻilganlar yangi «Beta avlodi»ning ilk vakillari boʻladi

2025 yilda tugʻilganlar yangi «Beta avlodi»ning ilk vakillari boʻladi
Foto: mccrindle.com.au
2025 yilda yangi avlod dunyoga keladi va 2039 yilgacha tugʻilgan barcha bolalar «Beta avlodi» deb nomlanadi. Ular texnologiya bilan ajoyib integratsiyalarni va ulkan madaniy oʻzgarishlarni koʻradilar. Bu haqda sotsiolog va futurolog Mark MakKrindl xabar berdi. U «Alfa avlodi» (2010 va 2024 yillar oraligʻida tugʻilgan odamlarning ijtimoiy ongli, texnologiyani yaxshi biladigan avlodi) atamasini oʻylab topgan olim hisoblanadi.

Avlodlarni tahlil qilishning ushbu uslubi odamlarni tugʻilgan yiliga qarab guruhlarga ajratadi. Bu esa ularning munosabati va xatti-harakatlarini shakllantiradigan madaniy, texnologik va ijtimoiy ta'sirlarni tushunish uchun xizmat qiladi. Odatda, har bir avlod davri taxminan 15 yil davom etadi va dunyodagi sezilarli oʻzgarishlarni, odamlarning umumiy qadriyatlarini aks ettiradi.

Yangi «Beta» avlod «Millenniallar» (1980-1994 yillarda tugʻilgan) va Z avlodi (1995-2009 yillarda tugʻilgan) farzandlaridir. Bu ikkala avlod ham tobora koʻproq texnologiyaga boyigan dunyosi bilan ajralib turgan - bu tendentsiya yil sayin kuchayib boraveradi.

«Alfa avlodi» aqlli texnologiyalar va sun'iy intellekt (SI) ta'sirida shakllangan boʻlsa-da, «Beta avlodi» SI va avtomatlashtirish jarayonlari kundalik hayotga toʻliq integratsiyalashgan dunyoda yashaydi. Shunday qilib, ularning raqamli va fizik dunyoni idrok etishi deyarli bir-biridan ajralmas boʻladi.

«Ular [Beta avlodi] kundalik hayotning standart jihatlari sifatida keng koʻlamli avtonom transport vositalari, taqiladigan sogʻliqni saqlash texnologiyalari va ajoyib virtual muhitlar bilan tanish birinchi avlod boʻlishi mumkin. Ularning shakllanish yillari shaxsiylashtirishga koʻproq e'tibor qaratilishi bilan ajralib turadi – SI algoritmlari ularning ta'lim olish, xarid qilish va ijtimoiy oʻzaro ta'sirlarini bugungi kunda biz tasavvur qila boshlagan usullarga moslashtiradi», dedi Mark MakKrindl.

Boshqa tomondan, «Beta avlodi»ga Internetning ayrim jihatlariga nisbatan oʻsib borayotgan shubhalar ham ta'sir qiladi. Ular ijtimoiy tarmoqlarda «katta boʻlgan», lekin ularning salbiy ta'sirini yaxshi tushungan ota-onalar tomonidan tarbiyalangan birinchi avlod boʻladi.

«Z avlodi (1995-2009 yillarda tugʻilganlar) ota-onalari farzandlarining ekran oldida oʻtirish va ishlash vaqtini cheklash oʻzlari uchun ustuvor ahamiyatga ega ekanligini koʻproq tushunishadi (Z avlod ota-onalarining 36 foizi, «Millenial» ota-onalarning 30 foizi). Z avlod ekrandan foydalanish vaqtining afzalliklarini koʻradi, biroq uning salbiy tomonlarini ham birdek koʻradi hamda bolalarning undan foydalanishiga qarshi boʻladi», deb qoʻshimcha qildi Makkrindl.

2035 yilga borib, «Beta avlodi» dunyo aholisining 16 foizini tashkil qiladi va ularning aksariyati XXII asrgacha yashashi kutilmoqda.

Ularning dunyosi iqlim oʻzgarishi va global demografiya kabi dolzarb ijtimoiy muammolar tufayli shakllangan oldingi avlodlardan sezilarli darajada farq qiladi. Ularning ushbu masalalarga yondashuvi, ehtimol, xilma-xillik va tenglik kabi ideallarni qoʻllab-quvvatlash bilan mashhur boʻlgan «Millenial» va «Z avlodi» ota-onalarining qadriyatlari asosida shakllanishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 2025 yilda tugʻilganlar yangi «Beta avlodi»ning ilk vakillari boʻladi