16:42 / 08.01.2025
148

Shimoliy Koreyaliklar uchun yana bir "antiqa taqiq" kuchga kirdi..

Shimoliy Koreyaliklar uchun yana bir "antiqa taqiq" kuchga kirdi..
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In mamlakat aholisiga hot-dog eyishni man etdi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning Daily Mail nashri xabar berdi.

40 yoshli «dohiy» hot-dogni «oʻta gʻarbona egulik» deb baholagan. Endilikda ushbu xaridorgir fast-fudni tayyorlash va sotish davlatga xiyonat deb malakalanadi.

Janubiy Koreyaning bude-chige deb atalgan taomi ham Shimolda qora roʻyxatga tirkaldi. Soʻnggi yillarda bu taom ancha ommalashgandi.

Bundan tashqari, Kim Chen In ajrashgan er-xotinlarni mehnat tutqungohlariga yoʻllashga ham amr qilgan. Pxenyan ma'muriyati nikoh ahdini buzishni «aksilsotsialistik odat» deya qoralab keladi. Hozirga qadar ajrashish tashabbuskori boʻlgan tomon jazolangan boʻlsa, endilikda oilaviy rishtalarni buzgan ham er, ham xotinga ta'zir chorasi qoʻllanadi.

Hukumat yangi cheklovlarni «mamlakatga kirib kelayotgan qoloq kapitalistik madaniyat»ga qarshi kurash doirasida amalga kiritgan.

Shimoliy Koreya xalq demokratik respublikasi ta'sis etilgan 1948 yildan buyon oʻlkani Kimlar sulolasi idora etib keladi. Jumladan, Kim Ir Sen 1948-1994, Kim Chen Ir 1994-2011 yillarda rahbarlik qilgan. Bobosi va otasidan qolgan «taxt»ni 2011 yilda Kim Chen In egallagan.

Dunyodagi eng yopiq mamlakatlardan biri sanalgan Shimoliy Koreyaning kommunist rahbariyati turli cheklov va taqiqlarni joriy etgan. Mamlakatda internet va Wi-Fi’dan foydalanish imkoni mavjud emas. Aholi Shimoliy Koreyaning ichki kompyuter tarmogʻidan foydalanishi mumkin. Ichki tarmoq esa «mafkuraviy toza» saytlardan iborat. Mahalliy aholining xorijga qoʻngʻiroq qilishi hamda chet elliklar bilan suhbatlashishi ham man etilgan. Kommunistik partiya fuqarolarning soch turmagi qanday boʻlishini-da belgilab bergan. Ortiqcha e'tibor tortuvchi turmak man etiladi. Mamlakat erkaklari sochini Kim Chen In kabi kuzab yurishga odatlangan.

«Kapitalistik dunyo mahsuloti» sanalmish Sosa sola ichimligi savdosi ham taqiqlangan. Umuman, mamlakatda antiqa taqiqlar mavjud. Masalan, Kim Chen In bir muddat avval mamlakat aholisiga it boqishni taqiqlagan. Rasmiy Pxenyanga koʻra, xonadonda it saqlash «burjuaziya va kapitalizm sarqiti» sanaladi.

Shimoliy Koreya sayyoramizdagi eng qashshoq davlatlar sirasiga kiradi. Ammo moddiy taqchillikka qaramay, mamlakat rahbariyati hashamatli hayot kechiradi.

Shimoliy Koreya razvedkasida yuqori lavozimda faoliyat yuritgan, keyinroq mamlakatdan qochishga muvaffaq boʻlgan polkovnikning hikoya qilishicha, oshib borayotgan xarajatlarni qoplash uchun rasmiy Pxenyan narkotik hamda qurol savdosi bilan shugʻullanmoqda. Jumladan, metamfetamin ishlab chiqaruvchi maxfiy laboratoriya faoliyat yuritmoqda.

Milliardlab dollarni oʻgʻirlasa-da, qoʻlga tushmay kelayotgan shimoliy koreyalik hakerlarning «hunarlari» ham tillarda doston boʻlgan.

Xorij matbuoti avvalroq Shimoliy Koreya diktatorining harami haqida ham noxush faktlarni oshkor etgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo