
Madridning "Real" futbol klubi hujumchisi Vinisius Junior "El-Klasiko" uchrashuvida almashtirilganidan soʻng koʻrsatgan qizgʻin reaksiyasi uchun uzr soʻradi. Biroq, muxlislar braziliyalik futbolchining bayonotida bosh murabbiy Xabi Alonsoni tilga olmaganiga eʼtibor qaratishdi.
"The Athletic" nashrining xabariga koʻra, Vinisius bu harakatni ataylab qilgan. 25 yoshli futbolchi murabbiy bilan boʻlgan munosabatlaridan mamnun emas va Alonsoning unga boʻlgan munosabatidan ranjigan.
Avvalroq, Vinisius uzr soʻrash uchun jamoa futbolchilarini yigʻgani, ammo unda Xabi Alonso va boshqa murabbiylar ishtirok etmagani haqida xabarlar tarqalgan edi. "Real"ning navbatdagi La Liga oʻyini 1-noyabr, shanba kuni "Valensiya"ga qarshi oʻz maydonida boʻlib oʻtadi.
Shuningdek, maʼlum boʻlishicha, Vinisius agar Alonso bosh murabbiy lavozimida qolsa, klubni tark etishga tayyor. Futbolchi oʻzini tahqirlangan his qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar