
Chorshanba oqshomida Italiya chempionatining toʻqqizinchi turida "Inter" jamoasi oʻz maydonida "Fiorentina"ni qabul qiladi. Milanliklar bosh murabbiyi Kristian Kivu uchrashuvni quyidagi futbolchilar bilan boshlashga qaror qildi: Zommer, Akanji, Bissekk, Bastoni, Dyumfris, Dimarko, Barella, Chalhanogʻlu, Suchich, Esposito, Lautaro Martinez.
“Inter” - “Fiorentina” uchrashuvini LiveResult portali orqali matnli translyatsiya shaklida kuzatib borish mumkin. Ayni paytda "Inter" Italiya chempionati turnir jadvalida toʻrtinchi oʻrinda joylashgan.
Jamoa oʻtgan turda safarda "Napoli"ga 1:3 hisobida magʻlub boʻlgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar