19:40 / 25.01.2025
710

Tramp jamoasida ixtilof yuz berdi: bunga nima sabab boʻlmoqda?

Tramp jamoasida ixtilof yuz berdi: bunga nima sabab boʻlmoqda?

Tramp ma'muriyati ichida ikki turli qarashga ega lager shakllangan: bir guruh savdo tariflarini bosqichma-bosqich joriy etishni taklif qilmoqda, bu bozor ishtirokchilarini qoʻrqitmaydi va inflyatsiyaga olib kelmaydi. Ikkinchi guruh esa keng qamrovli va qat'iy tariflarni joriy etish tarafdori, deb yozadi Politico nashri.

Bu masala Tramp ma'muriyatidagi ilk jiddiy kelishmovchilikka sabab boʻldi, deb ta'kidlaydi manbalar.

Donald Tramp saylovoldi kampaniyasida import qilinuvchi barcha tovarlarga 20 foizlik tarif joriy etish va'dasini bergandi. Biroq lavozimga kirishganidan soʻng, bu tashabbus darhol amalga oshirilmadi, bu esa qarorlar hali aniq ishlab chiqilmaganidan dalolat beradi, deydi nashr manbalari.

Politicoga koʻra, Trampning tariflarni joriy etish borasida jiddiy rejalari bor. Manbalardan biri shunday deydi:
"Yaqin oylar ichida keng qamrovli, universal tariflar joriy etiladi. Agar siz uning chiqishlarini tinglasangiz, u faqat shu haqida gapirmoqda".

Ma'lum boʻlishicha, bu borada ma'muriyat ikkiga boʻlingan. Birinchi lager savdoga ehtiyotkor munosabatda boʻlib, bozorni qoʻrqitmaydigan va inflyatsiyaga olib kelmaydigan bosqichma-bosqich tariflarni qoʻllab-quvvatlamoqda. Ushbu guruhning etakchilari sifatida moliya vazirligi nomzodi Skott Bessent va iqtisodiy maslahatchi sifatida Kevin Xasset koʻrsatiladi.

Ikkinchi lager esa kompleks va qat'iy tariflarni joriy etishni talab qilmoqda. Bu guruhga ma'muriyat boshligʻi oʻrinbosari Stiven Miller, savdo masalalari boʻyicha maslahatchi Piter Navarro va savdo vakili lavozimiga nomzod Jeymison Grir kiradi.

Tramp inauguratsiyadan soʻng Kanada, Meksika va Xitoydan import qilinadigan tovarlarga tariflar joriy etish rejasini e'lon qildi. Uning aytishicha, Xitoy uchun bu koʻrsatkich noqonuniy migratsiya va giyohvand moddalar savdosidagi roli sababli 10 foizga, Kanada va Meksika uchun esa 25 foizga etishi mumkin.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo