AQSh Yevropadan qoʻshinlarini olib ketsa, nima boʻladi?

Yevropa davlatlari AQSh Yevropadan harbiy xizmatchilar va harbiy texnikani olib chiqib ketishi, shuningdek, Ukraina va umuman Yevropa xavfsizligining asosiy kafili rolidan voz kechishi mumkinligidan xavotirda.
Financial Times maqolasida aytilishicha, Yevropa davlatlari oldida bir nechta ustuvor vazifalar turibdi: mudofaa xarajatlarini oshirish, havo hujumidan mudofaani kuchaytirish, hozirda AQSh tomonidan taqdim etilayotgan logistika uskunalari va boshqa yordamchi texnikani almashtirish, shuningdek, Yevropa qoʻshinlarining jangovar tayyorgarligini oshirish va samarali yadroviy tiyib turishni qoʻllab-quvvatlash.
Soʻnggi kunlarda Yevropada qayta qurollanish boʻyicha munozaralar keskin faollashdi. Financial Times ma'lumotlariga koʻra, rasmiylar milliy harbiy byudjetlarni qanday oshirish va qoʻshma mudofaa loyihalarini ta'minlash uchun yangi moliyaviy mexanizmlarni topishni muhokama qilmoqda.
Bunday loyihalar orasida jurnalistlar umumevropa havo hujumidan mudofaa qalqoni va transport tizimlari, jumladan, hozirda AQSh tomonidan taqdim etilayotgan samolyotlarni keltirishadi. Bundan tashqari, NATO vakillarining soʻzlariga koʻra, Yevropada uzoq masofali qurollar uchun oʻq-dorilar yetishmayapti.
Agar Yevropa kerakli resurslarni topa olsa, bu «oʻyin qoidalarini sezilarli darajada oʻzgartirish» boʻladi, deydi NATO bosh kotibining mudofaa investitsiyalari boʻyicha sobiq yordamchisi Kamil Grand. Bunday holda, Yevropa AQSh yordamisiz deyarli barcha harbiy vazifalarni bajarishi mumkin boʻlardi.
«Ular [AQSh]ni bejiz almashtirib boʻlmaydigan ittifoqchi deb atashmaydi, — dedi nashrga Yevropa davlatlaridan birining tashqi ishlar vaziri. — Ularsiz biz hech qanday murakkab harbiy amaliyotlarni oʻtkaza olmaymiz, hatto oddiy vazifalarni ham hal qila olmaymiz».
Yevropa rasmiylarini xavotirga solayotgan savollardan biri — AQSh oʻz harbiylarini Yevropadan qisman yoki toʻliq olib chiqib ketsa, nima qilish kerak? Hozir Yevropaning bir qancha mamlakatlarida AQShning 90 ming harbiysi joylashtirilgan. Xususan, Financial Times bilan suhbatlashgan rasmiylar va tahlilchilar Tramp 2022 yilda Rossiya-Ukraina urushi boshlanganidan keyin AQSh Polsha, Ruminiya, Latviya, Litva va Estoniyaga yuborgan 20 ming amerikalik askarni olib chiqib ketishidan xavotirda.
Tramp Ukraina boʻyicha ehtimoliy tinchlik kelishuvi doirasida AQShning barcha qoʻshinlarini Yevropadan olib chiqib ketmoqchi emasligini aytgandi. «Hech kim buni soʻramayapti, shuning uchun biz buni qilishimiz kerak deb oʻylamayman. Men bunday qilishni istamasdim. Ammo bu masala hech qachon koʻtarilmagan», — dedi AQSh prezidenti 18 fevral kuni Floridadagi Mar-a-Lagodagi qarorgohida jurnalistlar oldida chiqish qilarkan.
Nazariy jihatdan, Yevropa davlatlari hujum boʻlgan taqdirda oʻz chegaralarini himoya qilish uchun yetarli qoʻshinlarga ega. Yevropa mamlakatlari armiyasida deyarli ikki million askar bor, shundan 1,3 millioni Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida. Biroq, nashrning ta'kidlashicha, amalda bu qoʻshinlarning aksariyati pozitsiyalarga joylashtirishga tayyor emas. Jumladan, soʻnggi 80 yil ichida Yevropa armiyalari AQSh yordamiga shakllantirilgan va oʻqitilgan. Ushbu tizimni almashtirish uchun milliardlab yevro vaqt va xarajat talab etiladi. Bundan tashqari, Yevropa davlatlari oʻz qoʻshinlarini yetarli darajada jihozlay oladimi yoki yoʻqmi, bunisi ham noma'lum.
Ammo, katta ehtimol bilan, Yevropaning asosiy strategik muammosi — AQShning «yadroviy soyaboni»ning kelajagi va oʻzining taktik yadro quroliga ega emasligidir. Financial Times qayd etishicha, Yevropaning yadroviy kuchlari boʻlgan Fransiya va Buyuk Britaniyada taxminan 515 ta yadroviy kallak mavjud, ammo bu asosan strategik qurollardir.
Agar AQSh Yevropani himoya qilishdan rasman bosh tortsa, taktik yadro quroli yoʻqligi «tiyib turish tizimida boʻshliq» yaratadi, bundan esa Rossiya foydalanishi mumkin, deyiladi maqolada.
Yevropaning «mudofaa mustaqilligi»ga intilishi 1950-yillarda, Yevropa mudofaa hamjamiyatini yaratish gʻoyasidan boshlanib, keyingi oʻn yilliklarda davom etgan. Bu urinishlarning barchasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi, shundan keyin AQSh Yevropa mudofaasi boʻyicha majburiyatlarni oʻz zimmasiga olishga tayyorligini bildirdi, deb yozadi Financial Times.
«Yevropa tafakkuri oʻzgarishi kerak, — degan jurnalistlarga Finlandiyaning sobiq prezidenti Sauli Niinistyo. — Oʻz zaifligingizni koʻrsatib qoʻysangiz, urushdan qochib qutulolmaysiz».

Izohlar 0
…