date

"Monako" rulini Pokonyoliga ishondi: yosh murabbiyga katta sinov

"Monako" rulini Pokonyoliga ishondi: yosh murabbiyga katta sinov

“Monako” rasman 38 yoshli belgiyalik mutaxassis Sebastyan Pokonyolini bosh murabbiy etib tayinladi. U 10 oktyabr, juma kuni jamoa bilan xayrlashgan avstriyalik Adi Xyutterning o‘rnini egalladi.

Futbolchilik davrida Pokonyoli “Genk”, “AZ Alkmaar”, “Standard”, “Gannover”, “Vest Bromvich”, “Brayton” va “Union” kabi klublarda himoya chizig‘ida ishonchli o‘yinlari bilan tanilgan.

Murabbiylik faoliyatini 2021 yilda “Union”ning yoshlar tarkibida boshlagan belgiyalik mutaxassis keyin “Genk” akademiyasi hamda Belgiya U18 termasiga bosh-qosh bo‘ldi. 2024 yil yozidan esa “Union”ning asosiy jamoasini boshqarib kelayotgan edi.

Endilikda Pokonyolini “Monako”da jiddiy vazifalar kutmoqda: tarkibni muvozanatlash, yoshlar bilan ishlash va natijani barqarorlashtirish. Klub rahbariyati yangi murabbiydan zamonaviy o‘yin uslubi va jamoaning yuqori pog‘onalar uchun kurashini talab qilmoqda.

Knyazlik klubi uchun yangi sahifa boshlandi — Pokonyolining jasorati va g‘oyalari “Monako”ni yangi marralarga olib chiqishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Monako" rulini Pokonyoliga ishondi: yosh murabbiyga katta sinov