Apple o‘zining Apple Security Bounty dasturini kengaytirdi va u orqali xavfsizlik tizimlaridagi kamchiliklarni aniqlagan mutaxassislarga beriladigan mukofot miqdorini ikki barobarga oshirdi, deb yozmoqda Rozetked.me sayti.
Endi eng yuqori darajadagi xavfli hujum zanjirlarini aniqlaganlar uchun 2 million dollargacha mukofot beriladi. Agar tadqiqotchi Lockdown Mode’ni chetlab o‘tish yoki beta-versiyalardagi noaniq xatolarni topishga muvaffaq bo‘lsa, umumiy mukofot 5 million dollargacha yetishi mumkin.
Apple’ning ta’kidlashicha, bu sohadagi eng katta va tarixdagi misli ko‘rilmagan summadir:
«Bu sanoatdagi eng katta mukofotlardan biri. Qo‘shimcha bonuslar bilan u 5 million dollardan ham oshishi mumkin», — deyiladi kompaniya bayonotida.
Shuningdek, Gatekeeper’ni aylanib o‘tish uchun mukofot 100 ming dollargacha, iCloud’ni buzish uchun esa 1 million dollargacha oshirildi.
Yangilangan qoidalar 2025-yil noyabridan kuchga kiradi. Shu oyda Apple Security Research saytida yangi toifalar va mukofotlar ro‘yxati e’lon qilinadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!