date
views 46

Turkiyada g‘aroyib hodisa: Konyalik erkak jarrohlikdan so‘ng turk tilini unutib, dan tilida gapira boshladi

Turkiyada g‘aroyib hodisa: Konyalik erkak jarrohlikdan so‘ng turk tilini unutib, dan tilida gapira boshladi
Turkiyaning Konya shahrida yashovchi 67 yoshli erkak jarrohlik amaliyotidan so‘ng g‘ayrioddiy holatga tushdi. U tizzasida o‘tkazilgan operatsiya va arteriyada tromb hosil bo‘lishi natijasida o‘z ona tili — turk tilini unutib qo‘ydi. Biroq endi u faqat Daniya tilida (dan tilida) so‘zlay boshladi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi ma’lum qildi.

Jarrohlikdan keyin bemorning o‘ng tomoni — qo‘l va oyog‘i zaiflashgani sababli shifokorlar zudlik bilan angiografiya tekshiruvini o‘tkazib, trombni olib tashlashgan. Lekin operatsiya muvaffaqiyatli yakunlanishiga qaramasdan, bemor turk tilini eslay olmay qolgan.

Qizig‘i shundaki, u Daniya tilida ravon va bemalol so‘zlay boshlagan. Ma’lum bo‘lishicha, erkak avval Daniyada 20 yil yashagan, keyin Turkiyaga qaytib, 10 yildan buyon Konyada istiqomat qilgan ekan.

«Hozir mening miyamda faqat dan tilidagi so‘zlar aylanib yuribdi. Turk tilida esa hech narsa deyishni uddalay olmayapman», — deb tarjimon orqali o‘z ahvolini tushuntirgan bemor.

Selyuk universiteti tibbiyot fakultetining shifokori Gokxan O‘zdemirning so‘zlariga ko‘ra, arteriyalarda qon quyqalari hosil bo‘lganda bemorlarda bu kabi g‘aroyib holatlar kuzatiladi. Ba’zida ular o‘z tillarini unutib qo‘yishi yoki avval umuman bilmagan tillarda gapira boshlashi mumkin ekan.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, turkiyalik bemorning bu holati vaqtinchalik bo‘lib, yaqin kunlarda u yana o‘z ona tili — turk tilida erkin so‘zlay boshlashi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada g‘aroyib hodisa: Konyalik erkak jarrohlikdan so‘ng turk tilini unutib, dan tilida gapira boshladi