Gvardiola Doku tiklanishi bo'yicha yangi ma'lumot berdi

«Manchester Siti» vingeri Jeremi Doku yanvar oyi oxirida Chempionlar ligasida «Galatasaray»ga qarshi uchrashuvda jarohat olgandi. Juma kungi matbuot anjumanida jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola belgiyalik futbolchi yana mashg'ulotlarga qaytganini tasdiqladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shu bilan birga, mutaxassis Dokuning qachon o'yinlarda maydonga tushishga to'liq tayyor bo'lishini aniq ayta olmasligini bildirdi. «Men Doku qachon safga qaytishini bilmayman. Bu masalani shifokorlar va fizioterapevtlar bilan muhokama qilamiz», — dedi Gvardiola jurnalistlarga.
Hozirda Gvardiola «Manchester Siti»ni Angliya chempionatida safarda «Lids»ga qarshi bahsga tayyorlamoqda. Uchrashuv shanba, 27-fevral kuni 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!