date

Rakitich Chempionlar ligasida Atalantaga muxlislik qilmoqchi

Rakitich Chempionlar ligasida Atalantaga muxlislik qilmoqchi

Xorvatiyaning sobiq futbolchisi Ivan Rakitich Chempionlar ligasining qolgan qismi uchun o‘z favoriti kimligini aytdi. Uning fikricha, Italiyaning “Atalanta”si maydondagi jasorati bilan ajralib turadi, jamoa yetakchilaridan biri Mario Pashalich esa haqiqiy liderlik fazilatlarini namoyish etmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Rakitich bu haqda Yevropa turnirlarining keyingi bosqichi qur’asi vaqtida gapirib, bergamoliklar tarafini olishini yashirmadi. Sky Sports keltirgan iqtibosda u “Atalanta” va Pashalichni o‘zining asosiy tanlovi deb atadi hamda “Borussiya”ga qarshi o‘yinda mehnat va o‘ziga ishonch mo‘jiza yaratishi mumkinligini ko‘rsatganini ta’kidladi.

Shuningdek, u Pashalich bilan “hamma narsa mumkin” ekanini qo‘shimcha qildi. Eslatib o‘tamiz, Mario Pashalich avvalroq Moskvaning “Spartak” klubida bir mavsum to‘p surgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rakitich Chempionlar ligasida Atalantaga muxlislik qilmoqchi