date

Xalq banki Romitan bo‘yicha xabarni rasman inkor etdi

Xalq banki Romitan bo‘yicha xabarni rasman inkor etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Xalq banki Romitan tumanidagi standart bank xizmatlari markazi sho‘ba mudiri pora olgan paytda qo‘lga olindi» mazmunida tarqalgan xabarlar yuzasidan AT «Xalq banki» Matbuot xizmati rasmiy izoh berdi.

Bank tomonidan ma’lum qilinishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘tkazgan tezkor tadbir doirasida sho‘ba mudiri go‘yoki boshqa tijorat bankida ishlovchi tanishlari orqali kredit rasmiylashtirib berish evaziga pora olgani haqida tarqatilgan ma’lumotlar haqiqatga mos kelmaydi.

Shuningdek, rasmiy munosabatda ta’kidlanishicha, mazkur holat qayd etilgan vaqtda ushbu xodim mehnat ta’tilida bo‘lgan hamda Toshkent shahrida bo‘lgan.

Xalq banki Matbuot xizmati rasmiy xulosalar e’lon qilinguniga qadar tasdiqlanmagan axborotlarni tarqatmaslikka chaqirib, holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot keyinroq taqdim etilishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur xabar avvalroq Davlat xavfsizlik xizmati rasmiy kanali orqali e’lon qilingan edi. Unda Xalq bankining Romitan tumanidagi standart bank xizmatlari markazi sho‘ba mudiri 800 million so‘m miqdorida kredit olib berish evaziga 2 ming AQSH dollari talab qilgani va 1 ming dollarini olgan vaqtda ushlangani haqida ma’lumot berilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Xalq banki Romitan bo‘yicha xabarni rasman inkor etdi