date

G‘arbiy sohil lagerida 14 yoshli falastinlik otib tashlandi

G‘arbiy sohil lagerida 14 yoshli falastinlik otib tashlandi

G‘arbiy sohildagi al-Fara qochqinlar lagerida 14 yoshli falastinlik Jad Jadalloh 2025 yil noyabr oyida Isroil mudofaa kuchlari harbiylari tomonidan yaqin masofadan otib o‘ldirilgani xabar qilindi.

Guvohlar va tasdiqlangan videolarga ko‘ra, bola yerga yiqilgach, kamida 45 daqiqa davomida qon yo‘qotib yotgan, shu vaqt ichida atrofini 14 nafar askar o‘rab turgan. Hodisa joyiga kelgan ikki tez yordam mashinasiga esa yaqinlashishga ruxsat berilmagan. Bu haqda BBC xabar berdi.

Harbiylar Jad “tosh otganini” bildirib, o‘limli kuch qo‘llash qoidalarga mos bo‘lganini ta’kidlagan. Biroq videoda askarlardan biri bolaning yoniga qandaydir buyum tashlab, uni suratga olayotgani aks etgan. Jadning onasi Safa va huquq himoyachilariga ko‘ra, bu holat bolani aybdor qilib ko‘rsatishga urinish bo‘lishi mumkin.

Kuzatuv kamerasi tasvirlarida askar bolaning yoniga taxminan uch metr masofadan o‘q uzgani, Jad devor bo‘ylab qochganida yana o‘qqa tutilgani va bir necha metr yurgach, yordam so‘rab yiqilgani ko‘rinadi.

Falastin Qizil Yarim Oy jamiyati ma’lumotiga ko‘ra, chaqiruvdan sakkiz daqiqa o‘tib yetib kelgan feldsherlar qurol bilan to‘xtatilgan va 35 daqiqa davomida bolaga yaqinlashishiga ruxsat berilmagan. Harbiylar esa avval portlovchi moslama yo‘qligiga ishonch hosil qilish kerak bo‘lganini bildirgan.

Jadning jasadi hanuz oilasiga topshirilmagan. Ma’lum qilinishicha, Isroil tomon 700 dan ortiq falastinliklarning jasadini saqlab kelmoqda. Oila bu holat og‘riq va javobsiz savollarni yanada ko‘paytirayotganini bildirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » G‘arbiy sohil lagerida 14 yoshli falastinlik otib tashlandi