
Yaqin Sharqdagi ziddiyatlar fonida Eron va AQSH o‘rtasidagi keskinlik tobora ortib bormoqda. Eron Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kazem Garibabadi AQSHga murojaat yo‘llab, mojaro kengaygan taqdirda Tehron qat’iy choralar ko‘rishini yana bir bor ta’kidladi. Bu haqda Atab News axborot agentligi xabar bermoqda.
“Agar AQSH ochiqchasiga Isroil tomonda urushga qo‘shilsa, bizda boshqa choramiz qolmaydi — tajovuzkorlarga zarur dars beriladi va Eron o‘zini himoya qilishga majbur bo‘ladi”, — dedi Garibabadi.
Uning ta’kidlashicha, Eron barcha harbiy variantlarga tayyor va bu boradagi strategiyalar har qanday ehtimoliy ssenariyga moslashtirilgan. Diplomatik ehtiyotkorlikni saqlagan holda, u AQSHni “kamida neytral pozitsiyada qolishga” chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, bir kun avval Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanai ham Vashingtonga harbiy ogohlantirish bergan edi. Bunga javoban AQSH prezidenti Donald Tramp Erondan “so‘zsiz taslim bo‘lish”ni talab qilgan, biroq shu bilan birga, urushsiz kelishuv ehtimolini ham inkor etmagan.
Mutaxassislar fikricha, ikki davlat o‘rtasida davom etayotgan ziddiyat global xavfsizlik tizimi uchun jiddiy sinov bo‘lishi mumkin. Bu orada xalqaro hamjamiyat mintaqadagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda va tomonlarni sabr-bardosh bilan diplomatik muloqotga chaqirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar