date

Asakada muhandis qarzni o‘chirib berish bahonasida 11 million so‘m oldi

Asakada muhandis qarzni o‘chirib berish bahonasida 11 million so‘m oldi
Andijon viloyatining Asaka tumanida firibgarlik bilan bog‘liq navbatdagi holat fosh etildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning tuman bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Xududiy elektr tarmoqlari” AJ Asaka tuman bo‘limida muhandis lavozimida ishlayotgan shaxs qonunni buzgani aniqlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, muhandis T.A. (muqaddam sudlangan) fuqaro Sh.A. va uning onasi K.A.ga tegishli xonadonlarda to‘planib qolgan umumiy 18 million so‘m miqdoridagi elektr qarzini elektron tizimdan o‘chirib tashlash va ularga yangi hisoblagichlar o‘rnatib berishni va’da qilgan. Evaziga u Sh.A.dan 11 million so‘m pora olgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi — “Firibgarlik” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Mutasaddilar bunday harakatlar nafaqat aholining ishonchini suiiste’mol qilish, balki davlat tizimlariga nisbatan salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab o‘tishmoqda. Energetika sohasida shaffoflikni ta’minlash maqsadida bunday qonunbuzarliklarga qarshi kurash qat’iy davom ettiriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Asakada muhandis qarzni o‘chirib berish bahonasida 11 million so‘m oldi