date

Xiaomi'dan iPad mini raqobatchisi — Redmi K Pad taqdim etildi

Xiaomi'dan iPad mini raqobatchisi — Redmi K Pad taqdim etildi
Xiaomi o‘zining yana bir yangi mahsuloti — Redmi K Pad planshetini taqdim etdi. Ixcham dizayni va kuchli texnik imkoniyatlari bilan u Apple'ning iPad mini'siga jiddiy raqobatchiga aylanishi mumkin.

Redmi K Pad rasman taqdim etildi, ammo narxi hali e’lon qilinmagan. Mazkur qurilma iyun oyi oxirigacha rasmiy savdoga chiqarilishi kutilmoqda. Xiaomi taqdimot oldidan jurnalistlar uchun kichik tadbir tashkil etib, planshetning ayrim texnik detallarini ma’lum qildi.

Asosiy texnik xususiyatlar:

- Ekran: 8,8 dyuym, IPS-matritsa, 16:10 nisbat, 3K sifat, 165 Gs yangilanish chastotasi, 700 nit yorug‘lik
- Protsessor: 3 nanometrlik 8 yadroli Dimensity 9400+ chipi, maksimal tezlik — 3.73 GGs
- Grafika: Immortalis G925 MC12 grafik tezlatgich
- O‘lchami: 132×???×6.4 mm, og‘irligi — 326 gramm
- Batareya: 7500 mA/soat, 67 Vt tezkor zaryadlash
- Operatsion tizim: HyperOS 2 (Android 15 asosida)
- Ovoz: yuqori sifatli stereo dinamiklar
- Portlar: 2 ta USB Type-C
- Ranglar: Qora, binafsha va yashil

Narx va global bozor

Redmi K Pad narxi hozircha ochiqlanmagan. Ammo ma’lumotlarga ko‘ra, planshet avval Xitoyda sotuvga chiqarilib, keyinchalik jahon bozorida ham taqdim etiladi. Bu Redmi K80 Ultra'dan asosiy farqlaridan biri bo‘ladi.

Redmi K Pad nafaqat o‘z o‘lchami bilan, balki yuqori chastotali ekrani, kuchli chipseti va Android 15'ga asoslangan HyperOS 2 tizimi bilan ham bozordagi raqiblarini ortda qoldirishi mumkin. Xiaomi'ning bu yangi plansheti tez kunda bozorda eng kutilgan qurilmalardan biriga aylanishi kutilyapti.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi'dan iPad mini raqobatchisi — Redmi K Pad taqdim etildi