date

Putin va Si Szinpin: Isroil–Eron inqiroziga aralashuv vakillikda hal bo‘lsin

Putin va Si Szinpin: Isroil–Eron inqiroziga aralashuv vakillikda hal bo‘lsin
Yaqin Sharqda avj olayotgan Isroil–Eron ziddiyati xalqaro siyosiy doiralarni yana bir bor jipslashtirmoqda. Kreml tarqatgan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpin telefon orqali muloqot o‘tkazib, asosiy e’tiborni mintaqadagi xavfli vaziyatga qaratdi.

Suhbat davomida Putin Rossiyaning mojaroni tinchlik yo‘li bilan hal etish uchun vositachilikka tayyor ekanini bildirdi. Kreml bayonotida qayd etilishicha, Moskva mintaqada qon to‘kilishining oldini olish va barcha tomonlarni muzokara stoliga olib kelishni ustuvor maqsad deb biladi.

Si Szinpin esa o‘z navbatida Xitoyning xalqaro tinchlik va barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashga doim tayyor ekanini bildirdi. Ikki yetakchi Markaziy Osiyodagi vaziyatni ham muhokama qilib, “yo‘l-yo‘riqlar va siyosiy pozitsiyalarni muvofiqlashtirish”ga kelishib oldi.

Bundan tashqari, G7 sammitida yuzaga kelgan siyosiy kelishmovchiliklar ham tilga olindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, sammit doirasida Vladimir Putinning vositachilik taklifini rad etgan AQSH prezidenti Donald Tramp bu qarordan so‘ng G7ni ertaroq tark etgan va keyinchalik Rossiyani guruhdan chiqarishni xato deb atagan.

Mutaxassislar fikricha, bu suhbat Moskva va Pekinning xalqaro siyosiy jarayonlardagi faolligini yana bir bor tasdiqladi. Ikki davlatning tinchlikka chaqiruvi — global xavfsizlikka bo‘lgan jiddiy yechim talabini ko‘rsatmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin va Si Szinpin: Isroil–Eron inqiroziga aralashuv vakillikda hal bo‘lsin
-->