
10 iyun kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” milliy stadionida o‘zgacha muhit, shiddat va quvonch to‘ldi! O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2026 3-saralash bosqichi doirasida Qatar terma jamoasini 33 ming muxlis ko‘z o‘ngida yirik 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu g‘alaba nafaqat futbol maydonida, balki ijtimoiy tarmoqlarda ham haqiqiy bayram kayfiyatini yaratdi.
Muxlislar g‘alabadan ilhomlanib, hazil-huzulga boy turli mem va videomontajlarni tayyorlashdi. Ular orasida eng katta shov-shuvga aylangan videorolik “FIFA oilasi”ga bag‘ishlandi. Mazkur video-kalta metrajda, bir oila hayotidagi voqea futbol o‘yiniga o‘xshatilgan: ona – FIFA, bola – Qatar, ota – O‘zbekiston sifatida talqin etilgan.
Videoda ona bolasining qulog‘idan tortib, otasiga olib keladi. Bolakay esa, kutilmaganda otadan bir "jahilona" tarsaki qabul qiladi. Bu hazilli “ta’lim” orqali O‘zbekiston terma jamoasining Qatar ustidan qozongan yirik g‘alabasi obrazli va muxlislarcha yoritib berilgan. Mazkur videomontaj ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, minglab kulgili izohlarga va qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Shu o‘rinda eslatib o‘tish joiz: Azizbek Turg‘unboyev, Eldor Shomurodov va Igor Sergeyev tomonidan kiritilgan gollar, o‘zbek futboli tarixida yana bir esda qolarli sahifa bo‘ldi. Muxlislar stadionda va onlayn tarmoqlarda g‘alabani shodu xurramlik bilan qarshi olishdi.
Bu singari ijodiy yumor va quvnoq montajlar nafaqat futbol muxlislarining kayfiyatini ko‘taradi, balki O‘zbekistonning sportdagi yangi yutuqlarini jamoaviy ruhda keng nishonlash imkonini beradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar