
Yaqin Sharqdagi keskinlik fonida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In xalqaro hamjamiyat e’tiborini tortgan bayonot bilan chiqdi. U Eronga qarshi davom etayotgan harbiy harakatlar yuzasidan keskin norozilik bildirib, bu mojaroda Tehron “yolg‘iz emas”ligini ta’kidladi.
— Eron bu urushda yolg‘iz emas. Shimoliy Koreya armiyasi eng yuqori jangovar tayyorgarlik holatiga keltirildi. Biz ittifoqchilarimizni og‘ir paytda yolg‘iz tashlab qo‘ymaymiz, — dedi Kim Chen In rasmiy chiqishida.
KXDR rahbari ayniqsa Isroilning Eron yadroviy va harbiy infratuzilmasiga qarshi amalga oshirayotgan havo hujumlarini qoraladi. Uning aytishicha, bu tajovuzlar nafaqat Eron, balki butun mintaqa xavfsizligini xavf ostiga qo‘ymoqda.
Kim Chen In, shuningdek, AQSH prezidenti Donald Trampni ham keskin tanqid ostiga oldi. Uning fikricha, Vashington tomonidan qo‘llanilayotgan siyosat faqat zo‘ravonlikni kuchaytiradi va diplomatik yo‘llarni yopadi.
— Eronni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Qo‘shma Shtatlarning harbiy tajovuzi va bosim siyosati bizga yaxshi tanish. Biz do‘stlarimiz bilan bir qatorda turamiz, — deya qo‘shimcha qildi Shimoliy Koreya rahbari.
Kuzatuvchilar fikricha, Kim Chen Inning bunday bayonoti mintaqadagi geosiyosiy murakkablikni yanada kuchaytirishi mumkin. Eron esa bu bayonotni ijobiy kutib olib, xalqaro do‘stlari ko‘payayotganini bildirib o‘tdi.
So‘nggi haftalarda Eron va Isroil o‘rtasidagi mojaro avj olgani, yuzlab raketa hujumlari va ko‘plab qurbonlar kuzatilgani bois, ushbu bayonot global siyosiy maydonda katta aks-sado bermoqda. Shimoliy Koreyaning bu boradagi pozitsiyasi esa yangi geostrategik ittifoqlarga ishora qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar