date

Eronning Isroilga raketali zarbalari uzluksiz davom etmoqda

Eronning Isroilga raketali zarbalari uzluksiz davom etmoqda
Yaqin Sharq osmoni yana tinchimay qoldi — Eron Isroilga qarshi navbatdagi raketali hujumlarini amalga oshirmoqda. Islom Inqilobi Qo‘riqchilari Korpusi (IIQK)ning rasmiy bayonotiga ko‘ra, «Haqiqiy va’da 3» deb nomlangan harbiy amaliyotning to‘qqizinchi to‘lqini boshlangan va ushbu hujumlar tonggacha to‘xtovsiz davom etadi. Bu haqda Eronning Fars agentligi ma’lum qildi.

IIQK matbuot kotibi tayin etgan bayonotda shunday deyiladi:

«Haqiqiy va’da 3» amaliyoti doirasidagi to‘qqizinchi to‘lqin bir necha daqiqa avval boshlandi va bu galgi operatsiya tong otguncha bir maromda davom etadi».

Ma’lumot uchun, bu Eronning so‘nggi kunlarda Isroilga yo‘naltirgan ketma-ket raketali zarbalaridan navbatdagisi sanaladi. Tasnim agentligining yozishicha, Eron Isroil hududiga qarshi yangi raketa hujumlarini amalga oshirganini rasman e’lon qilgan.

Mazkur harbiy harakatlar mintaqadagi ziddiyatlar yanada keskinlashganini ko‘rsatmoqda. Xalqaro hamjamiyat Eron va Isroil o‘rtasidagi mojaroni diqqat bilan kuzatmoqda.

Bu orada bir qator qo‘shni davlatlar xavfsizlik choralarini kuchaytirgani aytilmoqda. Geosiyosiy vaziyat tarangligicha qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronning Isroilga raketali zarbalari uzluksiz davom etmoqda