date

Isroil Eron TVsiga kiberhujum uyushtirdi: efirda chaqiruvlar!

Isroil Eron TVsiga kiberhujum uyushtirdi: efirda chaqiruvlar!
Yaqin Sharqdagi keskin siyosiy vaziyat kibermarkazda ham o‘z aksini topmoqda. Erondagi “Farsat” va “IRIB TV3” telekanallari Isroil tomonidan yo‘llangan kiberhujum natijasida vaqtincha nazoratdan chiqdi va efir orqali hukumatga qarshi chiqishlarga chaqiruvchi videomateriallar namoyish etildi.

Eron rasmiy manbalarining ma’lum qilishicha, hujum asosan sputnik orqali namoyish qilinadigan kanallarga ta’sir qilgan bo‘lib, analog va kabelli tarmoqlarda bunday holat kuzatilmagan. Bu esa davlat infratuzilmasida ayrim himoya mexanizmlari ishlayotganini ko‘rsatadi.

Hodisaga guvoh bo‘lgan fuqarolar ijtimoiy tarmoqlarda hujum paytidagi videolarni tarqatishdi. Ularda efir to‘satdan o‘zgarib, hukumat siyosatiga qarshi turli shiorlar va chiqishlar namoyish etilgani aks etgan.

Ayni damda hodisaning aniq manbasi va texnik jihatlari o‘rganilmoqda. Eron rasmiylari bunday kiberxurujni axborot xavfsizligiga tajovuz sifatida baholamoqda va javob choralari ko‘rilishi mumkinligini bildirmoqda.

Mutaxassislar bunday hujumlarni kiber urushning yangi bosqichi deb atashmoqda. Axborot maydonidagi kurash nafaqat siyosiy, balki global xavfsizlik nuqtayi nazaridan ham jiddiy tahlil talab qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil Eron TVsiga kiberhujum uyushtirdi: efirda chaqiruvlar!