
Yaponiyaning dzyudo sportidagi eng yorqin yulduzlaridan biri — Uta Abe Vengriyada o‘tgan jahon chempionatida beshinchi bor chempionlik shodasini nishonladi. Muhimrog‘i, uning g‘alabasi ortidan jurnalistlar bilan suhbatda asosiy raqibi sifatida qayd etiladigan o‘zbekistonlik Diyora Keldiyorova haqida alohida to‘xtaldi.
— Olimpiadaga ham ancha vaqt bo‘ldi, bu chempionlik men uchun juda katta ahamiyatga ega edi. Lekin menga yanada ko‘proq quvonch baxsh etadigan narsa — Diyora Keldiyorova bilan doimgi raqobatimiz edi. Achinarlisi, bu safar u turnirda ishtirok etmadi va bu menga biroz afsus keltirdi. Umid qilamanki, Keldiyorova yana tatamiga qaytib, menga revansh olish imkonini beradi, — dedi Uta Abe.
Aytish kerakki, ushbu duet dzyudo muxlislari orasida hamisha katta qiziqish uyg‘otgan. Abe va Keldiyorova o‘rtasidagi bahslar har safar yuqori darajada o‘tadi va muxlislarga kuchli emotsiyalar ulashadi. Olimpiada arafasida ularning yana bir to‘qnashuvini barcha sabrsizlik bilan kutmoqda.
Uta Abe o‘zining chempionlik yo‘lidagi asosiy maqsadlaridan biri sifatida aynan Diyora Keldiyorovadan revansh olishni ko‘zlayotganini ochiq-oydin ta’kidladi. Endi esa barcha sport ixlosmandlari navbatdagi to‘qnashuvga umid bilan nazar tashlamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar