
Hindistonda bir qarashda oddiy, lekin aslo unutilmas voqea ro‘y berdi. Bu voqea oddiy kuchukcha va odamlar o‘rtasidagi sadoqat va o‘zaro his-tuyg‘ularning nechog‘li muhim ekanini yana bir bor isbotladi.
30 iyun kuni kechasi, Ximachal-Pradesh shtatiga qarashli Mandi okrugida, Siyati nomli kichik qishloqda tinch tunda kutilmagan holat yuz berdi. Tashqi tomondan hech qanday belgilar sezilmayotgan edi. Biroq bu shiddat bilan yaqinlashib kelayotgan ofatning sukunati edi, deb yozdi The Independent.
Bu kecha boshqalardan farqli bo‘ldi — besh oylik kuchukcha tunda kutilmaganda qattiq akrab, uyqu ichida yotgan egasi Narendrani uyg‘otdi. E’tiborlisi, kuchukcha bu paytgacha bunday beoson yurish qilmagan, ammo o‘sha kecha uni nimadir tinchsiz qilgan.
Narendra uyg‘onib, devordagi yirik yoriqni ko‘rdi. Bunday holat hech qanday yaxshilikdan darak bermasdi. U zudlik bilan qo‘shnilarini ogohlantirishga shoshildi. Qishloq aholisining hamkorligida tezkor evakuatsiya amalga oshirildi. 20 ga yaqin oila o‘z uylarini tezda tark etishga muvaffaq bo‘ldi.
Ortidan hammasi ko‘z ochib yumguncha sodir bo‘ldi. Ko‘chki shiddat bilan qishloqni o‘z domiga tortdi. Vaqtda tashqarga chiqqan fuqarolarning deyarli barchasi tirik qoldi. Buning asosiy sababi — kuchukchaning aqlli harakati va egasining zudlik bilan qarshi chora ko‘rishi bo‘ldi.
Qutqarilganlar hozirda Naina Devi ibodatxonasida vaqtincha joylashtirilgan. Ularga davlat tomonidan ozuqa, kiyim-kechak va zarur ehtiyojlar ta’minlanmoqda. Shu bilan birga, Hindiston shtati hukumati har bir jabrlanuvchi oilaga 10 ming rupiy (takriban 116 dollar) miqdorida moddiy yordam ajratdi.
So‘nggi ikki hafta mobaynida mazkur hududda qator tabiiy ofatlar kuzatilmoqda. Xususan, yog‘ingarchilikning kuchayishi tufayli ko‘chkilar soni ortdi. NDTV ma’lumotiga ko‘ra, iyul oyi boshidan buyon Ximachal-Pradeshda suv toshqinlari va ko‘chkilar natijasida kamida 50 kishi halok bo‘lgan.
Bundan tashqari, 150 tadan ortiq yo‘llar yopilib qolgan, yuzlab turar joy binolari vayron bo‘lgan. Qishloq xo‘jaligiga ham katta ziyon yetgani qayd etilmoqda. Bu esa aholi uchun nafaqat jismoniy, balki ruhiy sinov ham bo‘lmoqda.
Ekspertlar ta’kidlashicha, bu kabi tabiiy ofatlar vaqtida faqat insonning emas, hayvonlarning ham his-tuyg‘ulari va intuitsiyasi beqiyos ahamiyat kasb etadi. Siyati qishlog‘idagi kuchuk misolida bunga yaqqol guvoh bo‘ldik.
Hozirda kuchukcha qishloq aholisi orasida “qahramon” deb atalmoqda. Uning fotosuratlari mahalliy OAVda keng tarqalmoqda. Ayrimlar unga yodgorlik o‘rnatish tashabbusi bilan chiqmoqda. Axir, u nafaqat inson hayotini saqlab qoldi, balki butun bir jamoani yana bir umidga chorladi.
Qishloqdagi katta yoshlilar “Bunday kuchuk har qadamda tug‘ilmaydi. Bu faqat tanlanganlarga beriladigan tuhfa”, deya ta’rif bermoqda.
Har qanday ofat ortidan fojialar qoladi. Ammo shu bilan birga, har qanday fojea ortidan үmit, mehr, vafo va insonparvarlik ham qayta tiriladi. Bu kuchukcha nafaqat hayotlarni saqlab qoldi, balki insonlar qalbidagi ezgulikning yana bir isbotiga aylandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar