AQSh prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharqqa safari davomida G‘azo bo‘yicha yangi kelishuvni e’lon qildi. Bitimga ko‘ra, urush to‘xtatiladi, garovdagi Isroil fuqarolari ozod qilinadi va falastinlik mahbuslar qaytariladi. Tramp bu kunni “tarixiy” deb atadi.
Tramp Tel-Avivda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu tomonidan kutib olindi. U Isroil parlamentida so‘zga chiqib, urush yakunlanganini bildirdi va “Yangi Yaqin Sharq” boshlandi, dedi.
So‘ng Tramp Misrning Sharm ash-Shayx shahriga bordi. Bu yerda Isroil va Hamas o‘rtasidagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Marosimda Misr prezidenti Abdel Fattah as-Sisiy ham ishtirok etdi.
Mutaxassislar bu kelishuvni muhim qadam deb atamoqda, biroq mintaqada tinchlikni saqlash hali ham murakkab masala bo‘lib qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!