date

Xitoyda mansabdor 60 million dollarlik pora uchun qatl etiladi

Xitoyda mansabdor 60 million dollarlik pora uchun qatl etiladi

Xitoylik yuqori lavozimli amaldor Van Bo korrupsiya jinoyati uchun o‘lim jazosiga hukm qilindi. U 2003-yil boshidan 2024-yil mayigacha o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, umumiy qiymati 449 million yuanga (taxminan 58,5 million AQSh dollari) teng pora olgani aniqlangan.

HK01 nashrining yozishicha, sudda Van Bo aybini tan olgan va tergovga faol hamkorlik qilgan. Shu sababli sud o‘lim jazosini ikki yilga kechiktirish bilan belgilagan.

So‘nggi yillarda Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurash keskin kuchaygan. Natijada ko‘plab mansabdorlar lavozimdan chetlatilgan va ba’zilari umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda mansabdor 60 million dollarlik pora uchun qatl etiladi