
Jahon chempionati saralashi “F” guruhi doirasidagi muhim bahsda Portugaliya va Vengriya terma jamoalari kuch sinashdi. O‘yin 2:2 hisobida yakun topdi va tomonlar ochkolarni bo‘lishib olishdi.
Vengriya hisobni 8-daqiqada Attila Szalai orqali ochdi, ammo Portugaliya sardori Cristiano Ronaldo 22 va 45+3-daqiqalarda ketma-ket ikki gol bilan hisobni 2:1 ko‘rinishiga olib keldi.
Ammo uchrashuvning 90+1-daqiqasida Dominik Szoboszlai tomonidan kiritilgan gol Vengriyaga muhim durangni taqdim etdi.
O‘yinda Portugaliya ustunlik qildi:
• Umumiy zarbalar: 20 (8 darvozaga)
• To‘p nazorati: 66%
• Paslar: 602 (aniqlik 90%)
• Burchaklar: Portugaliya – 5, Vengriya – 4
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.