Jahon chempionati–2026 saralash bosqichining 4-fazasida Qatar terma jamoasi o‘z maydonida muhim g‘alabaga erishdi. Xulen Lopetegi shogirdlari BAAni 2:1 hisobida mag‘lub etib, mundialning navbatdagi ishtirokchisiga aylandi.
Uchrashuv qizg‘in va shiddatli o‘tdi. Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi, ammo ikkinchi taym boshlanishi bilan qatarliklar faolroq harakat qila boshladi. 49-daqiqada Xuhi aniq zarbasi bilan hisobni ochdi, 74-daqiqaga kelib esa Pedro Migel jamoa ustunligini ikki barobar oshirdi.
BAA terma jamoasi oxirgi daqiqalarda faollashdi va 90+8-daqiqada Odil gol kiritib, hisobni qisqartirdi, ammo bu natijani o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lmadi.
Shu tariqa, Qatar 4 ochko bilan mundialning 24-ishtirokchisi sifatida tarixga kirdi. BAA esa 3 ochko bilan “B” guruhining ikkinchi o‘rnida qolib, pley-off bosqichiga chiqdi.
Bu Qatar tarixidagi ikkinchi mundial bo‘ladi — ilk marta 2022 yilda ular mezbon sifatida ishtirok etgan edi.
Jahon chempionati–2026 saralashi. Osiyo mintaqasi. 4-bosqich
14 oktabr, Qatar
Qatar – BAA 2:1
Gollar: Xuhi (49), Pedro Migel (74) — Odil (90+8).
Qatar: 2. Pedro Korrea, 8. Edmilson Junior Dasilva, 11. Akram Afif, 12. Karim Budiaf, 13. Ayub Muhammad Alouli, 16. Boalem Xuhi (S), 17. Muhammad Nauser Mannai, 18. Sulton Al Brake, 19. Almoez Ali, 21. Mahmud Ibrohim Abunada, 23. Assim Madibo.
Zaxira o‘yinchilari: Shehab Mamduh Elletxiy, 3. Lukas Mendes, 4. Tahsin Muhammad Jamshid, 5. Tarek Salmon, 6. Abdel Aziz Hatim, 7. Andres Sebastian Kintana, 9. Muhammad Muntari, 10. Hasan Al Haydos, 14. Homam Ahmed, 15. Ahmad Alganexi, 20. Ahmad Fathiy Abdulla, 22. Meshal Barsham.
Bosh murabbiy: Xulen Lopetegi (Ispaniya)
BAA: 2. Ruben Filipe, 3. Lukas Pimenta, 4. Kuame Kuadio, 5. Ala Eddine Zhir, 7. Ali Saleh Amro, 11. Kayo Kanedo Korrea, 14. Nikolas Ximenes, 15. Yahyo Nader, 16. Markus Vinisius, 17. Xolid Isa (S), 18. Kayo Fernandes.
Zaxira o‘yinchilari: Ali Xaseif Alhosani, 6. Abdalla Ramadan Bekhit, 8. Majed Hasan, 9. Harib Abdulla Almusharrah, 10. Fabio De Lima, 12. Xalifa Muborak Alhammadi, 13. Erik Jorgens, 19. Xaled Ebrahim, 20. Luan Pereira, 21. Bruno De Oliveira, 22. Hamad Abdulla Almexqobali, 23. Sulton Adil Almameyri.
Bosh murabbiy: Aurelian Olaroyu (Ruminiya)
Qizil kartochka: Salmon (90).
Bu g‘alaba Qatar uchun nafaqat mundial yo‘llanmasi, balki jamoaning so‘nggi yillarda qayta tiklanayotganining yorqin isboti bo‘ldi. Lopetegi boshchiligidagi jamoa nafaqat natija, balki o‘yin uslubi jihatidan ham yangi bosqichga ko‘tarilayotganini ko‘rsatdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!