
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegaralari tutash nuqtasi haqidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Hujjat Senatga yuborildi.
Mazkur shartnoma 2025-yil 31-mart kuni Xo‘jand shahrida uch davlat yetakchilarining uchrashuvi chog‘ida imzolangan edi. Ushbu hujjatda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston davlat chegaralari tutashadigan aniq nuqta belgilangan, shuningdek, ushbu hududdagi chegaralar chizig‘i tasvirlangan.
Deputatlar fikriga ko‘ra, ushbu shartnomaning qabul qilinishi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash, o‘zaro ishonch va uch davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, hujjat chegaradosh hududlarda yashovchilar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish, savdo-sotiqni rivojlantirish, qo‘shma infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston chegaralari bo‘yicha shartnoma ma’qullandi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar