
Ukraina Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, Germaniyadan yana ikki dona Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi mamlakat shaharlarini himoyalashga qo‘shildi. Bu yetkazib berish Germaniya hukumati bilan erishilgan kelishuvlar asosida amalga oshirilgan.
Patriot tizimi AQShda ishlab chiqilgan va dunyodagi eng zamonaviy havo mudofaa tizimlaridan biri hisoblanadi. U samolyotlar va qanotli raketalarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, yuqori tezlikda harakatlanuvchi va murakkab nishonlarni urib tushira oladi.
Tizim strategik obyektlar va yirik shaharlar uchun ko‘p qatlamli himoyani ta’minlaydi. Havo nishonlarini 24 km balandlikda va 160 km masofagacha yo‘q qila oladi, shuningdek, katta hududlarni himoya qiladi.
Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, hozirda Patriot tizimlari Ukraina shaharlarini va muhim infratuzilmani dushman hujumlaridan himoya qilmoqda. Bu tizimlar qanotli raketa zarbalaridan kelayotgan talafotlarni kamaytirishda muhim rol o‘ynamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.