date

Tug‘ilish "bum"imi? O‘zbekistonda 9 oyda 664 ming chaqaloq dunyoga keldi

Tug‘ilish "bum"imi? O‘zbekistonda 9 oyda 664 ming chaqaloq dunyoga keldi

2025 yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonda 664,6 mingta tirik tug‘ilish holati qayd etildi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, tug‘ilishlar taqsimotida asosiy hissa 25–39 yosh oralig‘idagi onalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Milliy statistika qo‘mitasi keltirgan ma’lumotlarda tug‘ilishlar ota-onalar yosh guruhlari kesimida quyidagicha ko‘rinadi.

Otalar yoshi bo‘yicha:

  • 25 yoshgacha — 74 946 nafar (11,3 foiz)
  • 25–39 yosh — 542 512 nafar (81,6 foiz)
  • 40 yosh va undan katta — 47 140 nafar (7,1 foiz)

Onalar yoshi bo‘yicha:

  • 25 yoshgacha — 269 823 nafar (40,6 foiz)
  • 25–39 yosh — 385 424 nafar (58 foiz)
  • 40 yosh va undan katta — 9 351 nafar (1,4 foiz)

Ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda tug‘ilishlarning katta qismi 25–39 yoshdagi onalar hissasiga to‘g‘ri kelyapti. Shunga qaramay, 25 yoshgacha bo‘lgan onalar ulushi ham ancha yuqori — qariyb har ikki tug‘ilishdan biriga yaqin.

Qisqasi, statistika shuni ko‘rsatyaptiki: mamlakatda oila qurish va farzandli bo‘lish masalasida eng faol qatlam 25–39 yosh atrofida. Lekin yosh onalar ulushi ham jiddiy — demak, demografiyada “energiya” hali ancha baland.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Tug‘ilish "bum"imi? O‘zbekistonda 9 oyda 664 ming chaqaloq dunyoga keldi