
Turkiyada kuzatilayotgan kuchli qor yog‘ishi va beqaror ob-havo sharoiti sababli mamlakatning 48 ta viloyatida ta’lim muassasalari vaqtincha yopildi. Bu haqda mahalliy hokimiyat organlari rasman ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2 yanvar kuni Usmoniya, Sakarya, Kodjayeli va Koniya viloyatlarining ayrim tumanlarida, shuningdek, Istanbul shahrining Shishli, Sariyer va Beykoz tumanlarida ham maktablar faoliyati to‘xtatildi.
Kuchli qor yog‘ishi nafaqat ta’lim jarayoniga, balki xavfsizlik holatiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Diyorbakir, Kastamonu va qator boshqa hududlarda qor ko‘chkisi xavfi yuzasidan rasmiy ogohlantirishlar e’lon qilingan.
Eng og‘ir holatlardan biri Artvin viloyatida kuzatildi. U yerda olti nafar cho‘pon qor ko‘chkisi ostida qolib ketgan. Qutqaruv ishlari natijasida uch kishi omon qolgan, ikki nafari halok bo‘lgan. Yana bir shaxsni qidirish ishlari esa ob-havo keskin yomonlashgani sababli vaqtincha to‘xtatilgan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.