date

Bobur Yoʻldoshev erkakning baxti nimada ekanligi ochiq aytdi

Bobur Yoʻldoshev erkakning baxti nimada ekanligi ochiq aytdi

Aktyor Bobur Yoʻldoshev erkakning baxti nimada ekani haqidagi savolga javob berar ekan, oilaviy baxt masalasida ayolning o‘rni juda muhim ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, erkakning chin baxti ko‘pincha yonidagi ayolga bog‘liq bo‘ladi.

Shu bilan birga, aktyor bugungi jamiyatdagi ayollar haqida ham ochiq va keskin fikr bildirdi.

“Afsuski, hozir ayollar juda o‘zgarib ketgan”, — deydi Bobur Yoʻldoshev.

Unga “Ayollarni kim o‘zgartirdi?” degan savol berilganda, aktyor ikkilanmasdan javob qaytardi:

“Internet”.

Aktyorning aytishicha, ilgari ayolni erkak o‘zgartiradi, degan qarash keng tarqalgan edi. Biroq hozirgi davrda vaziyat butunlay boshqacha.

“Yo‘q, hozir ayollarni erkak emas, internet o‘zgartiryapti. Chunki u yerda juda ko‘p psixologlar bor, turli intervyular, maslahatlar ayollarning fikrini o‘zgartiryapti”, — deydi u.

Uning fikricha, bu holat oilaviy munosabatlarga ham bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Bobur Yoʻldoshev erkakning baxti nimada ekanligi ochiq aytdi