date

O'zbekistonda 2026 yil may oyida rassom va fotograflar festivali o'tkaziladi

O'zbekistonda 2026 yil may oyida rassom va fotograflar festivali o'tkaziladi

O'zbekiston hukumati 2026 yil may oyida Bobur shahrida rassomlar va fotograflar festivalini o'tkazishni ma'qulladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma'lum qildi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Qayd etilishicha, festival har ikki yilda bir marotaba tashkil etiladi. Tanlov g'oliblari Prezident sovg'asi — Chevrolet Onix avtomobili, shuningdek, diplom, esdalik haykalchasi va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Ishtirok etishni istagan nomzodlar 1 fevralga qadar tashkilotchilarga hujjat topshirishi lozim. Buning uchun anketa (rezyume) hamda 6×9 o'lchamdagi uchta rangli fotosurat talab qilinadi.

Bundan tashqari, ish tajribasi va ko'rgazma yoki festivallarda qatnashganini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi kerak. Nomzodlar o'z ijod namunalari bo'yicha kamida o'nta fotosurat va asar yaratilish jarayoni aks etgan videoni ham ilova qiladi.

Tashkiliy qo'mita 1 aprelga qadar ishtirokchilar ro'yxatini shakllantirib, festivalga qabul qilinganlar haqida ularga xabar beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » O'zbekistonda 2026 yil may oyida rassom va fotograflar festivali o'tkaziladi