
Eron va O'zbekiston o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlik sezilarli darajada faollashmoqda. Tehran Times xabariga ko'ra, ikki davlat o'rtasidagi qo'shma korxonalar soni 2,5 barobarga oshib, 261 taga yetdi.
Bugungi kunda bunday korxonalar qurilish, neft-kimyo, oziq-ovqat sanoati, qishloq xo'jaligi va qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi turli sohalarda faoliyat yuritmoqda. Eron sanoat, tog'-kon sanoati va savdo vaziri Muhammad Atabok mavjud savdo hajmi ikki tomonning salohiyatini to'liq aks ettirmasligini ta'kidladi.
U savdo hajmini 2 milliard dollarga yetkazish uchun batafsil yo'l xaritasi ishlab chiqishni taklif etdi. Vazirning so'zlariga ko'ra, kelgusidagi hamkorlikning asosiy yo'nalishi O'zbekistonni Eron hududi orqali xalqaro dengiz yo'llariga ulovchi transport va tranzit yo'llarini rivojlantirish bo'lishi kerak.
Eron-O'zbekiston kompaniyalari soni 2,5 barobarga oshdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar