date

Jeydon Sancho “Manchester Yunayted”ga qaytadi

Jeydon Sancho “Manchester Yunayted”ga qaytadi
Angliyaning 'Aston Villa' klubi hujumchisi Jeydon Sancho yanvar oyida 'Manchester Yunayted' safiga qaytadi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur maʼlum qildi.

Manbalarga ko'ra, 'Aston Villa' murabbiylari 25 yoshli vingerning sport formasi bilan norozi. Futbolchi jamoa tarkibida faqat bir marta asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Sancho joriy yil yozgi transfer oynasida 'qizil iblislar'dan 'Aston Villa'ga ijaraga olingan edi. Shu vaqt ichida u 6 o'yinda qatnashgan, ammo birorta ham samarali harakatga erisha olmagan.

Sancho bilan 'Manchester Yunayted' o'rtasidagi shartnoma 2026 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt maʼlumotlariga ko'ra, futbolchining transfer qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jeydon Sancho “Manchester Yunayted”ga qaytadi