
2025-yil 13-noyabr kuni Bloomberg xabar berishicha, Google kompaniyasiga qarshi sudga da'vo arizasi taqdim etildi. Unda kompaniya Gemini yordamchisi orqali shaxsiy ma'lumotlarni noqonuniy yig'ishda ayblanmoqda.
Da'vogarlar sun'iy intellekt vositasi Gmail va shaxsiy suhbatlardan ma'lumotlarni ruxsatsiz yig'ganini ta'kidlamoqda. Mazkur da'vo Kaliforniyaning San-Xose federal sudiga taqdim etilgan.
Shikoyatda aytilishicha, oktyabr oyida Gemini xizmatlari barcha platformalarda pinhona tarzda faollashtirilgan va bu orqali Google foydalanuvchilarning shaxsiy yozishmalariga kirish imkoniga ega bo'lgan. Kaliforniya qonunlariga ko'ra, Google'ning bunday harakatlari maxfiy xabarlarni yashirincha o'qishni taqiqlovchi qonunlarni buzishi mumkin.
Da'vogarlarning fikricha, Google sun'iy intellektdan "foydalanuvchilarning barcha yozma tarixini ekspluatatsiya qilish" uchun foydalanmoqda. Hozircha Google vakillari ushbu guruhiy da'vo yuzasidan rasmiy izoh bermagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.